Tarihiy-arheologik materiallar Farg’ona vodiy-sining shimoliy-sharqiy hududining daryo va soy havza-larida sun`iy sug’orib dehqonchilik qilishining bos-qichlari miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlanganligidan dalolat beradi. Aynan Farg’onaning daryo va soy havzalarida bir necha o’nlab dehqon jamoalari yashab, dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Hozirgacha ularning 80 ga yaqin qarorgohlari qoldiqiari topilgan bo’lib, fanda “CHust madaniyati” nomi bilan ma`lum va mashhur. Aynan bu madaniyatni “CHust madaniyati” deyilishining boisi XX asrning 50 yillarida arheolog M.E. Vorones tomonidan CHust tumani shimolidagi Buvonomozor yodgor-ligidan ilk marotoba bronza davriga oid qarorgoh topilgan. Aynan mazkur davrga oid moddiy ashyolar ilk marotoba aynan CHust hududidan topilganligi bois bu fanga “CHust madaniyat:.’” nomi bilan kirgan. “CHust madaniyati”ga tegishli arheologik yodgorliklar vodiy-ning shimoliy va sharqiy hududlarida keng tarqalgan. CHust madaniyati sohiblari, asosan, sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilik hamda qisman chorvachilik bi-lan shug’ullangan. CHust madaniyatiga mansub sopol idishlar o’ziga hos rangli naqshlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, Farg’ona vodiysining SHohimardon-Marg’ilonsoy va Kosonsoy havzalarida so’nggi yillarda olib, Fargona vodiysining sug’orma dehqonchilik tarihiga bir qator aniqliklar kiritdi. CHunonchi, bu borada arheolog A. Anarbaev tadqiqotlari tahsinga sazovor bo’lib, uning fikricha, CHust madaniyatining dastlabki vakillari milodiy eradan avvalgi ikkinchi ming yillik o’rtalari (aniqrog’i mil. avvalgi XVI-XIV asrlar)dan boshlab ilk sug’orma dehqonchilikning oddiy ko’rinishlariga asos solishgan. Bu bora-da birinchi navbatda Qoradaryo, Oqbura, Kosonsoy va G’ovasoy kabi qator soy va daryolarning adir orti qismlaridagi havzalarining eng qulay va unumdor erlari o’zlashtirilgan. Qolaversa, Kosonsoyning quyi oqimi Ahsikent vohasining asosiy qismi miloddan avvalgi H-XI asrlardan o’zlashtirilgan bo’lib, Eski Ahsi yodgorligi hududida dehqonlar qarorgohi bo’lganligi aniqlandi. Dehqonchilikda CHust madaniyati sohiblari bug’doy, arpa va tariq singari ekinlarni sepgan. Bunday madaniy ekinlarning qoldiqlari Buvonamozor (CHust) va Dalvarzin (Andijon) yodgorliklarida ko’plab topil-gan. Erga ishlov berishda va hosilni yig’ishtirib olish-da CHust madaniyati sohiblari har hil tosh va bronza qurollardan foydalangan(ketmon, o’roqsimon pichoq, o’roq) bo’lib, bunday mehnat qurollari tuman hududi-dagi Tergachi va Go’rmiron qishloqlaridan ham ko’plab topilgan. 1951 yili Kosonsoy tumanida olib borilgan eks-pedisiya jarayonida A.N. Bernshtam tomonidan Go’rmi-ron qishlog’idagi eski qabristondan birinchi marta CHust madaniyatiga hos bezakli kosa topilgan. A.N. Bernshtam ushbu bezakli kosani Eronning rang-li sopol idishlariga taqqoslash asosida miloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o’rtalarida yasalgan degan hulosaga keladi. Koson so’zi etimologiyasi. Koson shahri nomining kelib chiqishi va nomlanishi borasida ham fanda yagona fikr mavjud emas. O’rta asr manbalarida ham bu shahar turlicha zikr etilgan. Jumladan, muallifi noma`lum bo’lgan geografik manba “Hudud ul olam” (X asr) asarida Kason, Sam`oniy va Yoqut Hamaviy (XII -XIII asrlar) asarlarida Kosan tarzida zikr qilinadi. Turli olimlar ushbu so’zning kelib chiqishi borasida har hil fikrlarni bildirganlar. CHunonchi, ayrim toponimik tadqiqotlarda ushbu so’z Kushon so’zi-ning o’zgargan shakli bo’lib, IX asrgacha so’z o’rtasida tovush o’zgarishi yuz bergan, deb yoziladi. H.Hasanovning yozishicha, kushon so’zi aslida halq nomi bo’lib, Koshon-Kushon nomining o’zgarganidir. Bu o’rinda Kushon davlati tarihiga qisqacha to’htalib o’tish joizdir. Kushonlar davlatining gullab yashnashi Kanishka hukmronligi davriga to’g'ri keladi. YAngi boshqaruv tizimlarining joriy qilinishi, pul islohotlarining o’tkazilishi, baqtr tilining davlat tili deb e`lon qilinishi, buddaviylik dinining jamiyat hayoti dagi mavqe`ining oshishi mamlakatning iqgisodiy va ma-daniy haetida yuz bergan tub o’zgarishlarning asosiy omili hisoblangan. Bu davrda shaharsozlik, ichki va halqaro savdo, hunarmandchshshk va qishloq ho’jaligi tez sur`atlar bilan taraqqiy qilgan. Farg’onalik mutafakkir Ibrat Koson so’zi so’g'd tilida sultonlarni zikr qilgan ma`no bildiradi, ya`niki Bag’dod shahridan islom dinini targ’ib qilgani kel-gan kishilarni hurmat qilib Koson ahli qadimgi sug’d tilida Kason deb aytganlar. Ul kishilarning sulton Jaloliddin Somoniy, ya`ni G’o'zapoya mozor gumbazida yotgan kishidurlar, – deb yozadi. Eronlik olimlar Said Nafisiy, doktor Muin, o’zbek tilshunos olimlaridan professorlar N.Maqmudov va I. Yo’ldoshev “Koson” “kosibon” so’zining assi-milsiyaga uchragan shaklidir, – degan hulosaga kelishgan. Bu o’rinda Koson 32 hunar rivojlangan qadimgi shahar ekanligini hisobga olsak, ushbu fikr haqiqatga yaqinroq. Demak, “Koson” – kosiblar shahri, hunar-mandlar manzili, degan ma`noni anglatar ekan. Endi esa bevosita Koson shahrining bunyod etilishi tarihi masalasiga bir muncha batafsilroq to’htalib o’tsak. Ushbu shaharning Farg’ona vodiysidagi eng qadimgi shaharlardan biri ekanligi mana 100 yildan oshiq vaqtdan beri qator mutahassislar tomonidan e`tirof etib kelinayotgan bo’lsada, lekin uning yoshi va joylashgan o’rni masalasi hali hanuz o’z echimini topmagan dolzarb muammolardan biri hisoblangan, ko’plab mutahassislar tomonidan hilma-hil fikr-mulohozalar bayon qilingan. Kdsimgi Koson o’rdugohining “Mug’ qal`a” deb atalishi va bu shahar tarihi ikki ming yildan ziyod ekanligini ko’rsatadi. “Dinkard”(VIIIasr), “Avesto” lug’ati singari manbalarda ta`kidlashshgacha, “mug’-zardush-tiy”, “qal`a o’rdugoh”, shahar ma`nosini anglatadi. Qal`acha esa, yo’ldosh shahar, kichik shahar ma`nosini anglatar ekan. Demak, Koson shahri yaqinidagi Kirg’iziston Respublikasi Jalolobod viloyati Olabuqa tumani hududidagi Qal`acha o’tmishda Mug’qal`aga yo’ldosh shahar bo’lgan. Hullas, qadimgi “Koson” zardushtiylarning Farg’ona vodiysi hududidagi qoldiqiari saklanib qolgan qarorgohlaridan biri bo’lgan. O’rdugoh tarkibidagi otashkada –ibodathona, otashgoh – olovhona qoldiklari ham buni tasdiqlaydi. Ma`lumki, arheologik tadqiqotlarga qaraganda Koson shahri Kosonsoyning chop sohilidagi tabiiy tepalik ustida, strategik jihatdan eng qulay joyda qurilgan. A.N. Bernshtamning yozishicha, shahar dastlab mo’`jaz bo’lgan va jami 160 X 120 mga joylashgan bo’lib, uning shahristoni 60X40 m joyni egallagan. Devorlarning mustaqkamligini Kosonsoy daryosi tomonidan yuvili-shi hisobiga kuchayib borgan. SHahar markazidagi shahristonda zardushtiylik diniga hos ibodathona – otash-kada joylashgan bo’lib, u erda oq rangdagi kul izlari aks etgan yirik qatlam qolgan. XII asrda yashagan SHahristoniy ham Kosonda o’rdugohi tashqarisida “otashgoh” – olovhona bo’lganligini ta`kidlab o’tgan. O’z navbatida shuni ham eslamoq joizki, hozirgi kungacha qadimiy Koson joylashgan yodgorlik mahal-liy aholi orasida “Mug’qal`a”, deyilishi yoki ushbu yodgorlik atrofidagi mahalla “Mug’hona” deyilishi ham Kosonsoy shahrining tarihi 2000 yildan ortiq ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Koson shahri markazini tashkil qilgan shahris-tonda turar joylari joylashgan. SHuningdek, odamlar o’zlari uchun zarur bo’ladigan kundalik oziq-ovqatlarini saqlash uchun qilingan silindrsimon yoki noksimon o’ralar bo’lgan. Bundan tashqari, shahar aholisi oziq-ovqatlarni saqlash maqsadida erga ko’milgan katta-katta humlardan ham foydalanishgan. CHunonchi, bu borada qadimgi Koson shahri joylashgan Mug’qal`a yodgorli-gidan uycha uzoq bo’lmagan erlarda olib borilgan quri-lish yshlari jarayonida aynan mana shunday humlardan o’nlab topilgan bo’lib, mazkur humlarda mahalliy ahrli o’zining oziq-ovqatlari va g’allalarini saqlashgan. SHuni ham ta`kidlab o’tish o’rinliki, kososhshklar, haqiqatdan ham, azal-azaddan sopol humlar va turli-tuman idishlar hamda ashyolarni yasash bo’yicha ma`lum va mashhur bo’lishgan. Bu borada hatto shaharda hum yasay-digan mahsus mahalla ham bo’lib, uning nomi bugungi kungacha Humhona ko’rinishida saqlanib qolgan. Arheolog olim A.N. Bernshtam Koson shahri o’zining arhitekturasi va turmushiga ko’ra o’ziga hos bo’lgan. U qadimgi Davon qarorgohi o’rnida eramizgacha bo’lgan 2 asrda paydo bo’lganligini shahar shahristonidan to-pilgan kushonlar davriga hos qizil va qora ranglar-dagi sharobkosalar ham tasdiklaydi, – deb yozadi. Ayrim tarihiy asarlarda yozilishicha, eramizdan av-valgi I asrlarda Fargona vodiysi o’z davrining kuchli davlati bo’lgan Kushonlar imperiyasi tarkibiga kirmagan bo’lsada, u bu davrda Markaziy Osiyoning rivojlangan o’lkalaridan biri hisoblangan. Bu erda dehqonchilik va chorvachiliqsan tashqari hunarmandchilik, pilla etishtirish, savdo-sotiq va ruda qazib olish rivojlangan. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo haqidagi ma`lumotlar molmy (Hitoy) honadonlarining tarihi” Beyshida (550-577); “Suy sulolasining tarihi” –Suyshuda ((581-MK); “Than sulolasining tarihi” – Thanshuda (618-907); uchraydi. Mazkur manbalarda Toshkent (SHi, CHje-she), Samarkand (Kan), Buhoro (An, Ansi), Horazm, SH’! yoki SHi, Kesh –(SHahrisabz), Nasaf – (Qarshi), Surhondaryo (Toharistonning bir qismi) kabi vilo-yatlar bilan birga Davan (Boho, Bohan, Bohani)ning geografik joylanishi, tabiati, mahalliy aqolisi va ularning iqgisodiy hamda siyosiy hayoti, madaniyati-iing ayrim qirralari haqida yozilgan. SHuningdek, hitoy tilida 497 yili yozilgan Beyshi nomli manbada “Lona – qadimgi Davan hokimligi, hokim qaro Guy-shan’ shahrida” deb habar berilgan. To’g'rirog’i, hitoy-shunos N.YA .Bichurin bir oz keyingi davr manbasiga asoslanib Guyshan’ Davan’ markazi deb izoh bergan33. SHu vaqgdan e`tiboran Guyshan’ fanda ma`lum. VII asr o’rtalarida yozilgan boshqa bir hitoy manba-larida ta`kidlanishicha, vodiyda ikkita hokimlik mavjud bo’lib, birining poytahti Yebochji nomli hokim o’tirgan Geysay bo’lgan. Ikkinchi hokimlik poy-tahti Humin bo’lgan. Bu goyani A.N. Bernshtam 1946 – 1948 yillar Mug’qal’a-da olib borgan qazishmalar asosida yanada rivojlan-tiradi. Uning fikricha, bu davrda Farg’onaning bosh poytahti Ahsikent hisoblangan. Kosonda esa Turk ho-qonining vakili o’tirgan35. Hitoy manbalarida yozilishicha, Farg’ona bekligi Luyangning g’arbidan 13350 li yiroqliqda bo’lib, janu-biy qismi toharlar bilan, shimoliy qismi Qang’ bi-lan chegaradosh. Uning tarkibida 70 dan ortiq kagga kichik shahar bor. Manbalarda yozilishicha, Farg’ona vodiy-sida sholi hamda bug’doy o’stirish mumkin bo’lib, uzum haqiqatan ham ko’plab etishtirilgan. Odamlari juda ko’p bo’lib, hammasi chuqur ko’zli ham soqollidir. Ularning urf-odatlari bo’yicha kelin tushirganda oldi bilan tu-tashib turuvchi qo’sh yurak shaklli oltin halqa sovg’a qilinadi. YAna bo’lg’usi kuyovini sinab ko’rish uchun uch qiz yuboriladi. Boshqalardan ot oriyat olib minish jaraenida agar otni oriyat olguvchi diqqatsizliqdan otdan yiqilib o’lsa ot egasi marhumning dafn ishlariga mas`ul bo’ladi. Faryunaliklar savdo-sot iq ishlariga juda mohir bo’lib, bir tiyinli foydani qo’lidan berib qo’ymaydilar. Agar Junggoning oltin kumushlarini qo’lga tushirib qolishsa, uni asl pul o’rnida ishlatmasdan, undan zebi-ziynat yasaydilar. Qadimgi Koson “qo’chmanchi” va “o’troq” madaniyatlar tutashuvidagi chegarada joylashgan. Bu Fargonaning Er-shidan keyingi ikkinchi^poytahti bo’lib, o’troq dehqonlar va ko’chmanchilar, harbiy-siyosiy va iqgisodiy kuchlarni bog’lovchi simvol bo’lgan. Professor A.Bernshtam tomonidan ilk bora topilib, keyinchalik boshqa tadqi-qotchilar tomonidan o’rganilgan Mug’hona yodgorligi ham tuman tarihiga oid noyob tarihiy ma`lumotlar beradi. Mug’hona (qurum, mug’gosh)lar Kosonsoy tumanining shi-molida joylashgan bo’lib, eramshdan avvalgi 111-11 asr-lar va milodiy V-VI asrlarda o’tov shayushda toshdan yasalgan qabr inshootlari vazifasini bajargan. Mug’hona inshootlarining devorlari siniq va yupqa toshlardan Korishma ishlatilmay oval shaklida (5?8,5m) qurilgan. Ichki honaning chiqish tuynugi bo’lib, toshtahta bilan Osrkitib qo’yilgan. Mug’honadan odam suyaklari, ko’za, tuynuk, dastakli piyola, pichoq, qilich, jez, temir o’q uchi, zirak, munchoq, omoch tishi va boshqa qator ashyolar topilgan. Idishlar qizil va qora angob bilan ti rnab hoshiyalangan. Mutahassislarning fikricha, Mug’hona topilmalari SHimoliy Farg’onaning yarim o’groq qabilalariga mansubdir. Haqiqatan ham, qadimiy Koson shahri jug’rofiy jihatidan ko’chmanchilar bilan dehqonlar, qo’shni davlatlar So’g'd, CHoch o’rtasida o’ziga hos ko’prik vazifasini bajargan joyda o’rnashgan. Podsho yoz oylarida dam oli-shi uchun qulay bo’lgan va tabiati chiroyli maskan edi. XX asrning 50 va 80-yillarida Mug’qal`ada qazishmalar o’tkazgan Yu.A. Zadneprovskiy ham Guyshan’ – bu hozirgi Mug’qal`a qoldig’idir, deydi. Ammo ba`zi olimlar bunga shubha bilan qaraydilar. Jumladan, arheolog B.Matboboev Qadimgi Koson hududidagi – Mug’-qal’a yodgorligi Guyshan’ bo’la olmaydi deb ta`kidlaydi. Bizningcha, ushbu mulohazalarning har iyusisi ham fanda o’zining butkul tasdig’ini topmagan bo’lib, bu-larni tasdi’utash Mug’qal`ada va tumanimiz hududidagi boshqa qadimiy yodgorliklarda qo’shimcha arheologik qazishmalarni olib borishni talab qiladi, batafsilroqma`lumot berib o’tsak. Ushbu yodgorliklar hrzirgi Kosonsoy shahridan 2 km uzoqyaikda O’z navbatida qadimgi Kosonning qoldiqlari hisoblangan Mug’qal`a yodgorligi borasida birmuncha Kosonsoy daryosi-ning yuqori oqimi chap qirg’og’ida joylashgan. Yodgorlik hozirda ikki qismga bo’lingan bo’lib, ularni Kosonsoy-Olabuqa avtomobil yo’li kesib o’tgan. Halq orasida ular Mug’gepa va Mug’qal`a deb ataladi. Demak Koson ikki qismdan shahar (Mug’tepa) va qal`a (Mug’dir (160X180-80 m). Qal`a (Mug’qal`a) shahar (Mug’gepa) dan shimoliy sharqda joylashgan bo’lib, maydoni ki-chikroq – 90X70 m. Hozirgi vaqtda uning emirilgan devorlari va kuzatuv burchlari joylashgan. Koson geo-grafik joylashuvi bo’yicha strategik nuqgai nazardan juda muhim ustunlikka ega. SHahar soyining 40 metrlik qirg’oqlari bilan ikki tomondan o’ralgan. Janubiy G’arbiy burchak kuzatuvchilar uchun qulay joy bo’lib, u erdan Kosonsoy jarliklarini bemalol kuzatish mumkin. Umuman olganda, Koson shahri bundan 2200 ming yil avval qal`a shahar tarzda bunyod qilingan. Keyinchalik ilk o’rta asrlarga kelib Koson atrofidagi erlar ma-halliy aholi tomonidan uzluksiz tarzda o’zlashtirila boshlangan. IV -VI asrlarda Koson shahrining mudofaa qobiliyati qo’shimcha devorlar hisobiga kuchaytirilgan. Taniqpi sharqshunos olim V.V. Bartol’dning yozi-shicha, hitoy manbalarida Kesay deb atalgan Koson turk hoqonligi davrida turk hoqonlari vakillarining qarorgohi bo’lgan. Al YAqubning habar berishicha, VIII asrning ohiri – IX asrda Koson Farg’ona podsholigi-ning poytahti bo’lgan. VI asrdan boshlab to arablar istilosigacha Kosonda Turk hoqonligining ishonchli vakili o’tirgan. Hoqonlikning asoschisi hisoblangan Ashina honodonidan chiqqan vakil o’tirgan. SHaharning salobatli mudofaa devorlarining qoldiklari shu kunlarda ham qad ko’tarib turibdi. Tadqi-qotlar davomida oz bo’lsada shahar hunarmandlari yasagan har hil sopol idishlar topilgan. Ular o’zining yasa-lish tehnikasi va tehnologik jihatidan yuqori si-fatli ekanligidan aynan mazkur hududda o’troq shahar madaniyatiga hos hususiyatlar, hususan hunarmandchilik yuqori darajada taraqqiy etganligidan dalolat bera-di. Qolaversa shahar hunarmandlari tomonidan yasalgan va uning zamonaviy toponomiyasida Humhona, Usta mahalla, Ko’nchilik, Qandolatchilik, Karnaychilar, ‘Ogarchilar, Dukchilar kabi ko’plab hunarmandchilik bilan bog’liq toponimlarning mavjudligi hunarmadchilik taraqqiyoti mahalliy asosga ega ekanligi hamda uzoq tarihidan dalolat beradi. VIII asrning birinchi choragidan boshlab to IX asr-gacha Farg’ona vodiysi, hususan, Koson shahri arablar tomonidan bosib olinadi. Lekin mahalliy aholining islom diniga kirishi boshqa joylarga nisbatan kech-roq amalga oshadi. Bu borada SHoh Hakim Holisning “Safedbulon qissasi” asarida va Ishoqhon Junay-dullaho’ja o’g'li- Ibrat (1862-1937)ning “Tarihi Farg’ona” kitobida muhim ma`lumotlar zikr qilingan. CHu-nonchi, ushbu manbalarda yozilishicha, halifa Hazrati Usmon davrida Jarir bin Abdulloh nomli sarkarda Qubo, Ahsi shaharlarini bosib olgandan so’ng Kosonda hukmronlik qilgan Ihshid podshohi ila jang qil-moqlikka keladi. Arab askarlari CHandavul (CHindovul) degan erga tushib, ikki sahoba ila noma kirgizganli-gi va aynan mazkur erda Koson hokimi elchilarni im-tihon qilganligi borasida ma`lumot beradi.41 SHu-ningdek, “Safedbulon”, qissasida Koson ahlining islom dinini qabul qilishi hamda arablar bilan birga Koson hokimi Ihshid va O’ng’or hokimi Karvonbos o’rtasida Safedbulon qishlog’ida bo’lgan jang ham batafsil b ayon qilingan. Darhaqiqat, Farg’ona vodiysi arablar tomonidan bosib olinishi munosabati bilan arab tilidagi man-balarda Koson shahri to’g'risida ko’plab ma`lumotlar uchraydi. Jumladan, arab va fors tilidagi manbalarda qayd etilgan ma`lumotlarga ko’ra, o’sha davrlardagi Mo-varounnahr viloyatlarining ichida nufuzli hududlardan biri Farg’ona vodiysi bo’lganligani tushunib olish qiyin emas. O’rta asr mualliflaridan Maqdisiy X asr Farg’ona viloyatida 40 ta shahar bo’lgan deb yozsa, VIII asrda arab tarihchisi At-Tabariy Farg’onada – Ho’jand, Koson, Bab, Quva va Farg’ona kabi 5ta katta shaharlar joylashgan deb ta`kvdlaydi43. Umuman olganda, Farg’ona IH-H asrlarda iqgisodiy jihatdan quyidagi tumanlarga bo’linadi: Koson, Jidgil va Miyonrud. Bu tu-manlarning hududida bir qancha shahar va qishloqdar mavjudligi manbalarda qayd etiladi. Mazkur shaharlar aqolisi turg’un yashab, dehqonchshshk, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullanib kelgan. SHarqshunos olim V.V. Bartol’dning yozishicha, Koson VIII asr ohiri – X asrda Farg’ona hukmronlarining poytahti bo’lgan. 1H-H asrlarda Farg’ona vodiysi Somoniylar davla-tining iqgasodiy jihatdan rivojlangan hududlaridan biriga aylangan. 1H-HP asrlarda esa mintaqada yashagan elatlar o’rtasida tinchlik, totuvlik va hamjihatlik vu-judga keldiki, buning orqasida o’lkada modsiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanshp jarayoni tezlashdi, sha-harlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik o’sdi, aholi farovonligi kutarila bordi. Halq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, me`morlar, naqqoshlar, ku-lollar, zargarlar, misgarlar tomonidan yurt dovrug’ini olamga tanitgan ajoyib me`morchilik obidalari, tas-viriy va badiiy san`at namunalari bunyod etildi, Ma`rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va mada-niyatga doimiy e`tibor berishlari natijasida ko’plab iste`dod sohiblarining salohiyati, ijodi o’sib, yuksalib borgan. O’sha davr hukmdorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat ko’rsatgan kutubhonalarda son-sanoqsiz noyob, qimmatbaho kitoblar, qo’lyozmalar to’plangandi. Hususan, bu davrda Kosonni somoniy hukmdor Ibn Ahmad Asad boshqargan. ©
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6