Aroq bilan ishim yo`q
Menda xumor tutmaydi
Lomka bilan ishim yo`q
Konyak o`zi tikondir
Alkashning bag`ri qondir
Jonga azob bermanglar
Dispanser juda yomondir
Chorus:
Agar cho`ntagingda puling bo`lsa
Agar karmoningda dollar bo`lsa
Sprayt bilan doim birga bo`l
Hech ayrilma
Aroq o`g`irlab bo`lmas
Hech kim tekinga bermas
Qadring uchun kuylayman
Alkashlik o`zi bo`lmas
Pivobarga qayrilma
Viski ichib eshilma
Qo`lingdagi Sprayt bilan
Birga bo`l hech ayrilma
Chorus:
Agar cho`ntagingda puling bo`lsa
Agar karmoningda dollar bo`lsa
Sprayt bilan doim birga bo`l
Hech ayrilma
Otabek Mutalho`jayev.Hazon
“HAZON”
Otabek Mutalxo`jayev ijrosida,
Uchlar ingrar zachotkamda
Rektoratni yolg`iz kezdim
Uch olmagan bola edim
Bugun o`zim tupoy sezdim
...
Qaydan seni uchratdim man
Darsga kirsam bo`lmasmidi
Darslarga kirsam jurnal
NB bilan to`lmasmidi
Chorus:
Kelib-kelib, kelib kelib
Senga tushib ko`zim mani
Uchlar qiynar zor-intizor
Bag`rim ezar stipendiya mani
Domla zori, cho`ntak ozori
Natijasiz sevgi azobi
Ketolmaydi yuragimdan
Mast qildimi besh sharobi
O`ynar shodon talabalar
Uch olganim bilmaydilar
Ikkilarim ovvoralar
Hazonlarga o`xshaydilar
Chorus:
Kelib-kelib, kelib kelib
Senga tushib ko`zim mani
Uchlar qiynar zor-intizor
Bag`rim ezar stipendiya mani.
“TO`YING KUNI”
Erkin Xudoyqulov ijrosida,
To`ying kuni talpada qoldim
Osh yeyman deb bir musht
yevoldim
Sho`rvani ham icholmay qoldim
To`ying kuni oshga to`ymadim
Fingal ko`zdan tomchilar yomg`ir
Sen ham meni urmasding axir
To`ying kuni talpada qoldim
Ular faqat so`ymadi jonim
Ko`zlarimni o`ymadi jonim
Qornim oshga to`ymadi jonim
To`ying kuni talpada qoldim
Ulug`bek Rahmatullayev ijrosida,
Tinmay ikki qo`yar domla
Talabadan so`ramay
Zachyotkani bejab qo`yar
Besh qo`yishni o`ylamay
Aroqmi yo, vinomi yo
Talabini bilmaysan
Aytganini keltirsangda
Bahoni ololmaysan
Sal gapirsang ikki qo`yib
G`ash qiladi ko`ngilni
Keyin izlab qolasan
Har ko`chadan dumbulni
Ishqibozdir go`yo domla
Konyaklarning dodasiga
Bir kechada o`t tushsin
“YIRTIQ YUBKA”
Shahardagi talaba o‘g‘lini
ko‘rishga qishloqdan
kelgan boboning deganlari)
G‘oyat ko‘rkam bu shaharda
go‘zal qizlar ko‘p muncha?
Sariq, malla boshlilarni
unutmasman o‘lguncha.
“Chavo-chavo” deb biriga men
o‘zbekcha so‘z qotdim,
U o‘zbekcha gapirganda o‘zimni-
da yo‘qotdim.
Saqich chaynab, “achka” taqqan
kalta sochli go‘zallar
“Mo‘da”larni quvib-quvib, bir-
biridan o‘zarlar.
Ular kiygan yarim ko‘ylak ikki
cheti so‘kilgan,
Ko‘zi tushgan yigit borki, “o-oh”
urgancha o‘kirgan.
Nima, ulim, bu shaharda igna
minan jip jo‘qma?
Yirtiq kiyim ko‘rgan kulmas,
ko‘ngil shunga yo to‘qma?
Bundaylarga duch kelsam-ey,
dilim andak g‘ashlanar,
Oqshomlarda yirtiq joydan
chaqmaydimi pashshalar?
Endi aynam, safar qarib, men
qishloqqa qaytaman,
Lekin ketar chog‘im senga bitta
gapni aytaman:
Yaxshiyamki, apkemapman qari
qaysar enangdi,
“Jirtiq yupka apper” derdi, ko‘rar
eding kinangdi.
Yupkasiyam boshdan qolsin,
kiysa, ko‘ngli to‘lardi,
Lekin “shortik kiying siz” deb
menga balo bo‘lardi...
Hech kim hafa emas degan
umiddamiz.
Bu faqat va faqat parodiya.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев