Bolangizda ich ketishi yoki uning
qotishini kuzatsangiz, axlatda
shilliq bo'laklarni yoki ko'kimtir
rangni ko'rsangiz, albatta
birinchi navbatda uni
labaratoriya taxliliga olib boring.
Bolangizga disbakterioz tashhizi
qo'yildi. Bu qanday dard?
Bugungi maqolamizda shu
xususda to'xtalib o'tamiz.
Disbakterioz - ichak kasalligi
hisoblanadi. Katta odam singari,
har bir go'dakning ham ichagida
turli xil mikroorganizmlar
yashaydi. Va aynan foydali
mikroorganizmlar normal
ichakning mikroflorasini, ya'ni
ichki muhitini tashkil etadi.
Disbakterioz - ichak faoliyatining
buzilishi, mikroflora tarkibining
o'zgarishi demakdir.
Chaqaloqlarda ushbu kasallik
ko'krak sutidan voz kechish yoki
kech boshlash, to'laqonli
bo'lmagan ovqatlanish
sabablarini keltirib o'tish
mumkin. Yana bir muhim
taraflardan biri bu - sun'iy sut
aralashmalari bilan
oziqlantirishdir.
Disbakterioz kasalligi temir va
kal'ciy moddalarining yetarli
darajada so'rilmasligiga,
oqibatda kamqonlik va raxit
kasalliklariga olib keladi.
Asosan disbakterioz organizmda
o'zgarish sodir bo'lsa yoki bola
surunkali kasallikka ega
bo'lsagina paydo bo'ladi. Bola
allergik yoki yuqumli kasallikka
chalinsa ham, ushbu holat
vujudga kelishi mumkin. Hozirgi
paytda bolalarda turli
kasalliklardan tuzatish uchun
antibiotiklardan keng
foydalaniladi. Antibiotiklar
qo'llanilishining asorati sifatida
disbakterioz vujudga kelishi -
eng ommalashgan turidan
biridir. Aynan antibiotiklar
bolaning ichak mikroflorasiga
qattiq ta'sir ko'rsatadi. Xirurgik
muolajalar ham disbakteriozni
keltirib chiqarishi mumkin.
Agar o'z bolangizda ushbu
dardni shubha qilsangiz,
yuqorida aytganimizdek uni
labaratoriyada tekshirtiring,
bolangizga yordam qo'lini
cho'zing. Axlat imkon qadar
yangi bo'lishi zarur, uni
sterillangan idishga solib olib
boring. Bunday idishni uyda ham
tayyorlashingiz mumkin.
Yaxshilab yuvilgan kichkina
shisha idishni 15-20 daqiqa
suvda qaynating, so'ng undan
foydalanishingiz mumkin.
Bolangiz axlatining tayyor
bo'lgan taxlil-javobi davolovchi
vrach-pediatr xonasida bo'ladi.
Turli diagnostik muassasalarga
ham murojaat etishingiz
mumkin. U yerdagi taxlildan
so'ng, javobni bolangizni
davolovchi pediatrga olib
borishingiz ham mumkin. Pediatr
bolangiz taxlil-javobiga asoslanib,
qanday bakteriyalar yetishmasligi
yoki ortganligiga muvofiq dori-
darmonlarni belgilaydi. Agar
vrach sizda shubha uyg'otmasa,
uning tavsiyalarini, yozib bergan
dorilarni aytgan vaqtda, kerakli
davr mobaynida so'zsiz bajaring.
Unutmang, disbakterioz kasalligi,
umuman har qanday kasallikni
davolashda buyurilgan
muolajalar, dori preparatlarini o'z
vaqtida, uzluksiz, aytilgan vaqt
mobaynida bajaring, aksincha
uning davolanishini orqaga
surishingiz yoki surunkali
ko'rinishga aylantirishingiz
mumkin. Disbakterioz kasalligini
davolashda uning asil sababini
aniqlash lozim. Bolani pediatr,
gastroenterolog, allergolog va
yuqumli kasalliklar bo'yicha
mutaxassis ko'rigidan
o'tkazishingiz maqsadga
muvofiqdir. Disbakterioz dardini
davolash davrida va umuman
olganda, bolani ona suti bilan
oziqlantirish nur ustiga a'lo
nurdir. Agar buning iloji
bo'lmasa, bola ozuqasi - nordon
sut (kislomolochniy) tarkibli sut
mahsulotlaridan tashkil topishi
zarur. Bizning o'lkada ana
shunday mahsulotlar sarasiga:
bifidobakteriyali "NAN",
"Nestogen", "Nutrilon", "Nutricia"
va boshqalarni kiritish mumkin.
Bularning qay biri bolangizga
to'g'ri kelishi yoki bir ozuqadan
boshqasiga o'tishni, allergik ta'sir
tufayli aralashmani o'zgartirishni,
albatta vrach-pediatr belgilaydi.
Disbakterioz kasalligining dori-
darmonlari keyingilar:
bifidumbakterin, laktobakterin,
lineks, xilak-forte, narine va b.
Ushbu darmonlar ichak
mikroflorasini normallashtiradi
va foydali bakteriyalarning
ko'payishida ko'mak beradi. Bola
kasallikdan tez o'nglanishi uchun
u doim yaxshi kayfiyatda
bo'lishiga, o'yinchoqlar
o'ynashiga, unumli dam olishiga
imkon yaratib bering. Toza
havodagi sayr ham bola
organizmiga ijobiy ta'sir
ko'rsatadi.
Disbakterioz dardidan yiroq
bo'lish uchun va uni davolash
davrida quyidagi mahsulotlar
iste'molini kamaytirishni tavsiya
qilamiz. Bunday mahsulotlar
sarasiga: xamirli oliy navli undan
tayyorlangan mahsulotlar
(makaron, non), shokolad, shirin
yogurtlar, quyultirilgan sut,
jonivorlar yog'i; sabzavotlar,
go'sht va baliqdan tayyorlangan
konservalar, muzqaymoq
kiritiladi.
Bolaga qanday mahsulotlar
berish lozim? Albatta yoshiga
muvofiq: kefir, ryajenka, meva va
mevali soklar, sabzavotlar,
makkajo'xori va javdar
(kukuruza, roj')
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5