3— qism
Ơn kun ichida 3 ta qotillik. Uchalasi xam fosh etilmay chala qolib ketmoqda. Bu voqeaning xammasida yoshi 19dan oshmagan hushsurat bokira qizlarning ayovsizlarcha qiynab o’ldirilgan. Xammasi kechki ishda ishlaydi. Xammasining o’lim vaqti bir xil vaqtda. Tunggi soat 03 atrofida.
Shu hayollar bilan band bo’lgan izquvar Nazarov shiftga termulib o’tiribdi. Boshliq MArdonov shoshilinch chaqiriq bilan poytaxtga junab ketgan. Yordamchi komissar Murodov Yorqin «betobligi» sabab mehnat ta’tiliga chiqqan Rajabovning o’rniga tayinlangan.
— Birinchi qotillik bo’lgan kuni marhumaning kasbdoshlaridan biri tergov jarayonida juda g’alati bir gap aytdi. — dedi yosh kuchga to’lgan yigitcha Shahriyorning qarshisida g’oz turgancha so’zlay ketdi:
— Usha kecha millati arman yohud juhud bo’lgan bir mexmon bilan adi badi aytishib qolgan. Ammo ertasi kuni notanish mexmon izsiz g’oyib bo’lgan.
— Surishtirib ko’rish kerak,,, dedi miyasiga yalt etgan fikrdan o’ziga kelgan Nazarov shoshilib egniga pidjagini ildi:
— Men bir narsani tekshirib ko’rishim kerak… (shoshilib yordamchisiga qaradi) — Siz esa usha sirli mexmonning shaxsini aniqlang. Men kasalxonaga o’tib kelishim kerak.
Soat ertalabki 09 dan 23 daqiqa o’tayotgandi. Havo birdan isib ketdi. Yosh yigit qizlar yengil ochiq sochiq kiyina boshlashgan, xavoda hushbuy bahor xavosi taraladi
Izquvar Nazarov ruhiy kasallar shifoxonasining eng quyi qismida davolanayotgan ruhiyati xaddan tashqari og’ir bo’lgan «yopiq» erkaklar bo’limiga kirib kelganida soat allaqachon 10dan oshgandi.
Bosh shifokor Saloh Mo\minov Shahriyorni ochiq chehra bilan kutib oldi. Sababi ular uzoq qarindosh bo’lishib, Shahriyorning otasi bilan amaki bobolarning avlodlari edi. (ya’ni Mo'min va Nazar bobolarning nevaralari edilar)
— Nechuk bu g’urbatga aralashib qolding? Ochig’I asabiylashib sigaret tutarkan, Shahriyorga qo’rs savol berdi : — Seriyali qotillik axir sening ishing emasdi ku?
— Ammo amaki, dedi Shahriyor (Saloh aka tahminan Shahriyordan 6 yosh katta halos , eski qon sabab amaki iborasini sira tilidan qo’ymaydi — Bu qizlar shu qadar ma’sumaki, vahshiy qotilning changalida halok bo’lishayotganidan qattiq g’azabdaman.. Bu voqea xatto poytaxtda xam zo’r g’avg’o bo’lib ketgani sabab mana shu shaharga meni yuborishlarini atay boshliqlardan iltimos qildim.
— Xech tinch yurmading, yurmadingda .. Jiyan… — to’ng’iladi Saloh aka, — Ha, bilaman… Nima sababdan kelganingni, yo’q arxivimizda bunday hodisa bilan qo’lga tushgan ruhiy vosvoslar yo’q. Ushbu ishlarni men xam biroz xabarim bor. Bunday jinoyatni juda aqlli va puxta odam bajarayabdi. Ruhiy hasta vosvos odamning qo’lidan bu ish kelmaydi.
— Aqlli va vaqtini biladigan odam… shundaymi/? — Shahriyor o’ylanib qoldi.
Ikkisi tushlikka birga chiqishdi. Shu choq Shahriyorning qo’l telefoni jiringlab qoldi, — O’rtoq
Mayor , zudlik boshqarmaga yetib keling… bu men Murodovman, sizni bir odam zudlik bilan ko’rmoqchiligini aytayabdi… Emishki, u qotildan qutulib qolishga muvaffaq bo’libdi….
(davomi bor)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2