Bunda ushbu so`zlarni aynan 33 marta aytilishining siri nimada?»
– Imom Muslim Abu Ҳurayradan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: "Kimki har namozdan so`ng 33 marta «Subhonalloh», 33 marta «Alhamdulilloh», 33 marta «Allohu akbar» desa, bular 99 ta bo`lib, ularni «Lo iloha illallohu vahdahu lo sharika lahu... (oxirigacha)»ni aytish bilan 100 martaga etkazsa, uning gunohlari dengizning ko`pigicha ko`p bo`lsa ham, Alloh ularni mag`firat qiladi». Yana bir hadisda sahobalardan ba`zi kambag`allari Rasululoh (s.a.v.) oldilariga kelib: "Bizlardan badavlatlarimiz tuya, mol, qo`ylarni Alloh yo`liga qurbonlik qilib katta-katta savoblarning egasi bo`lyaptilar. Bizlarda unday mol-dunyo bo`lmasa, qanday qilib ular qilgan savobni qila olamiz?” – deb arz qilishadi. Shunda Payg`ambarimiz (s.a.v.): "Sizlar har namozdan so`ng 33 marta «Subhonalloh», 33 marta «Alhamdulilloh», 33 marta «Allohu akbar» desangiz, bular 99 ta bo`lib, ularni «Lo iloha illallohu vahdahu lo sharika lahu... (oxirigacha)»ni aytish bilan 100 martaga etkazsangiz, Alloh yo`lida jonliq so`yib, qurbonlik qilganning savobini topasizlar», – deganlar. Demak, bizlar raqamga emas, balki Rasululloh so`zlariga e`tibor berishimiz lozim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 28
Men shu yerdan buni o'rganyotkandim, kegin tekshirib korsam xato ekan. Shuning uchun menga o'xshab xato yodlamasliklaring uchun buni qoshdim. Uzur.
Mazmuni:
Ey Allohim, Sen barcha ayb-nuqsonlardan poksan. Barcha salomatlik va rahmat Sendandir. Ey azamat va qudrat egasi bo'lgan Allohim, Sening shoning ulug'dir.
Umuman, har vaqt namozni tugatgandan so'ng Oyatal kursi o'qilsa, tasbehot qilinsa, savobi ulug' bo'ladi.
OYATAL KURSI
A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym.
Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum. La taxuzuhu sinatuv-va la navm. Lahu ma fis-samavati va ma fil arz. Manzallaziy yashfa'u 'indahu illa biiznih. Ya'lamu ma bayna aydihim va ma xolfahum va la yuxituna bi shayim-min 'ilmihi illa bima sha'a. Vasi'a kursiyyuhus-samavati val arz. Va la ya'uduhu hifzuhuma va huval 'alliyyul 'aziym.
Mazmuni:
Alloh — Undan o'zga iloh yo'qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. Uni...ЕщёAllohumma antas-salam va minkas-salam. Tabarokta ya zaljalali val ikrom.
Mazmuni:
Ey Allohim, Sen barcha ayb-nuqsonlardan poksan. Barcha salomatlik va rahmat Sendandir. Ey azamat va qudrat egasi bo'lgan Allohim, Sening shoning ulug'dir.
Umuman, har vaqt namozni tugatgandan so'ng Oyatal kursi o'qilsa, tasbehot qilinsa, savobi ulug' bo'ladi.
OYATAL KURSI
A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym.
Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum. La taxuzuhu sinatuv-va la navm. Lahu ma fis-samavati va ma fil arz. Manzallaziy yashfa'u 'indahu illa biiznih. Ya'lamu ma bayna aydihim va ma xolfahum va la yuxituna bi shayim-min 'ilmihi illa bima sha'a. Vasi'a kursiyyuhus-samavati val arz. Va la ya'uduhu hifzuhuma va huval 'alliyyul 'aziym.
Mazmuni:
Alloh — Undan o'zga iloh yo'qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruxsatisiz shafoat qilmas.
TASBEH
Subhanalloh
(33 marta)
Alhamdulillah
(33 marta)
Allohu akbar
(33 marta)
KALIMAI TAVHID
La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah, lahul mulku va lahul hamd. Va huva 'ala kulli shayin qodir.
Mazmuni:
Allohdan o'zga iloh yo'q. U yagonadir, sherigi yo'q, butun mulk Unikidir. Hamd-maqtov Unga xosdir. Va U har narsaga qodir zotdir.
Uxlashdan avval aytiw joiz