tomonda.
Bir go'zal qiz yashardi,
Meni xam bilishardi.
Uni xar-bir so'zlari,
Kulib turar ko'zlari.
Yurishlari chiroyli,
O'zi biram iboli.
Tim qoradir qoshlari,
Beliga tushar sochlari.
U savdogar qiz edi,
Rostanam go'zal edi.
Yuzlari qirmiz misli,
Ismi xam nafis asli.
Meni xam o'tkir tilim,
Poylardim ul yo'lini.
Uch ko'chada turardim,
Qaytishini bilardim.
Shu payti u qiz ko'rindi,
Meni qalbim suyundi.
Shamol xamon yelardi,
U men tomon kelardi.
Yo'lini to'sib asta,
Gap boshladim bir-pasta.
Rosti... sizni sevaman,
Yigitiz yo'q bilaman.
Sevaman jondan ortiq,
Bor-butum sizga tortiq.
O'shal go'zal ko'z bilan,
Shiringina so'z bilan.
Xozir vaqtim yo'q edi,
Ertaga keling dedi.
Sevganim uyga ketdi,
Qalbim suyunib ketdi.
Qani endi tong otsa,
U xam sevishin aytsa.
Qiz sevgisi dilida,
Bo'lmas sira tilida.
Sevgisi dilda yotar,
Qachondir oshkor etar.
Faqat meni sevardi,
Buni hamma bilardi.
Oradan o'tib yillar,
Orzumand baxtli kunlar.
Ammo xecham o'pmadim,
Undan zo'rin topmadim.
Bir-qancha yillar o'tdi,
Uni xam bo'yi yetdi.
Bu orada ovchilar,
Keldi unga sovchilar.
Odamlarning tilida,
Shu kunlarning birida.
Unga to'y qilayotganmish,
Kuyov paxta berganmish.
Sevganimni chaqirdim,
Bor ovozda baqirdim.
Ko'cha gumbirlab ketdi,
Ovozim ko'kga yetdi.
U xam qo'rqib ketdimi,
Chopib yugurib chiqdi.
O'zim ko'rgandan so'ng,
Darrov kiyinib chiqdi.
Sekin men xam boshladim,
Asta qo'lin ushladim.
Jonim... sizni ko'rgani,
Axvolizni bilgani.
Eshitib yonib keldim,
Sovchilar kepdi bildim.
O'zi nima bo'lyapdi?
Onangiz nima deyapdi?
Naxot... unga berishdi!
Meni tirik so'yishdi.
Qiz... axvolimni bilardi,
Ne deyishni bilmardi.
Sekin egib yerga bosh,
Ko'zga oldi jiqqa yosh.
Vujudida harorat,
So'ng aytdi ming xijolat.
U menga bir gap aytdi,
Muzlab qoldim shu payti.
Asta kelib bag'rimga,
Boshin qo'ydi yelkamga.
Bu oxirgi uchrashuv,
Shu bugun vidolashuv.
Xatto... sevishin aytdi,
So'ngra uyga qaytdi.
Yurak-bag'rim ezildi,
Yolg'iz menga sezildi.
Sevganimsiz bu olam,
Bo'lar meng dard alam.
Men bir o'zim kim edim,
Unga bir ermak edim.
Baxt qaro ojiza,
Qilolmadi mo'jiza.
Saqlash uchun borimni,
Nomus ila orimni.
Tangriga faryod dedim,
Taqdirimdan dod dedim.
Raxmi kelib Ollohni,
Men banda-yu gunoxni.
Asta dardimni oldi,
Shu qizdan ko'nglim qoldi.
Ularnikiga bugun,
Keladi savat tugun.
Sovchilar rasmin qilib,
Atayin shuni bilib.
Qo'yni xam ob kelishdi,
To'y belgilab ketishdi.
Erta turib indinga,
Kelishadi kelinga.
Ona yaxshi o'y qilib,
Shiringina to'y qilib.
O'shanga uzatdilar,
Yor-yorla kuzatdilar.
Mana to'y xam boshlandi,
Meni ko'nglim g'ashlandi.
Keng ko'chalar tor edi,
Hamon ko'nglim bor edi.
San'atkorlar kuylaydi,
Yor-yor qo'shiq yangraydi.
To'yxonasi bezalgan,
Mening bag'rim ezilgan.
Qari chollar kelishib,
O'zicha baxt tilashib.
To'yni xam tugatishdi,
Asta uyga qaytishdi.
Tillo ayvon oldida,
Kuyov bola yonida.
Kelinchak kirib ketdi,
Bag'rimni tilib ketdi.
Shu kecha bag'rim tilib,
Ertaga tong otadi.
Sevgan qizim bu kecha,
O'sha bilan yotadi ! ! !
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев