Bugun yana tong
otdi... 22-may ajoyib ochiq havo
bilan kirib keldi. Biz Madina bilan
ertalabgacha suhbatlashib, shirin orzular qildik. Keyin uchrashishga
qaror qildik. Hayotimning
mazmuni bölgan Madina bilan
gaplashyotganimga ham 2 yil-u 8
oy bölibdi. 11-oktyabr kuni
tanishganman u bilan. Sira ham unutilmaydigan sana bu. 2 yil-u 8
oy... Anchagina uzoq vaqt,
shunday emasmi? Lekin, men shu
vaqtning 2 yili va 6 oyida
Madinani aldab keldim. Hamma
gaplarim, öqishga kirganim, yoshim yigirmada ekanligi,
umumam boshqa bolaning
rasmini yuborganim... Bular
hammasi yolg'on edi. Nega
deysizmi? Chunki men
qörqardim... Uni yöqotib qöyishdan qörqardim. Yolg'on
bilan bog'langan rishtalar
zabardast zanjir kabi
yuragimning har tarafini qamrab
olgandi. Men shu rishtaning
uzilishidan qörqardim. Uning yoqimli ovozini ortiq eshitolmay
qolishdan qörqardim... Chunki u
hayotimning mazmuniga aylanib
qolgandi. Shuncha vaqt ichida u
meni doim bir savol bilan
qiynardi: "Nega körishishni xohlamaysiz? Nega mendan doim
özizni olib qochasiz? Nega meni
körishni istamaysiz? Nega?
Mening u-bu aybim bormi? Yoki
mendan nimanidir bekityapsizmi?
Aybim körishaylik deganimmi? Sizi körgim kelganimi? Mening
ham sizni körgim, bilgim,
yurishizi, kulishizi, közlarizni
körgim keladi. Yoki meni yomon
körasizmi?" Eh, Madina... Uni qanchalar
sevishimni tasavvur ham qilmasdi.
Shu gaplarni aytganida yuragim
ezilardi. Chunki men uni yaxshi
köraman, jonimdan ham ortiq
köraman. Shuning uchun u bilan
uchrasholmasdim... Haqiqatni yashirdim, chunki men özini
öylaydigan, undan ayrilishdan
judayam qörqadigan inson edim.
Yöq. Men ham doim unga
hammasini aytib bergim kelardi.
Lekin sönggi pallada nimadir bunga halal berardi. Ehtimol,
men xudbindirman. Ehtimol
haqiqatni aytib Madinaning
könglini sindirishga
botinolmagandirman. Men faqat
bir narsadan chöchib yashardim. Qachondir hammasi ma'lum
bölardi. Undan keyin... Keyin
hayotim mazmunsiz qolardi.
Madina... Bir kun kelib uni
shunday chaqira olmasligimdan
qörqardim... Men baribir vaqtni yengishga ojiz edim. Ösha kun
keldi. Yana ösha yuragimni
örtovchi savol eshitildi: "Qachon
uchrashamiz?" Men hech narsa
demasdan, öylab bir qarorga
keldim: "Böldi! Hammasini aytish kerak" Madinaga kechroq
gaplashamiz
bu haqda deb telefonni öchirdim.
24-mart edi shu kun. Kech
tushdi.
Qöng'iroq qildim. Gaplashdik. Ancha vaqt ötdi. Soat tungi 12
larga yaqinlashgach yana ösha
savolni berdi: "Qachon
uchrashishimizni aytasizmi?
Haliroq nimadir aytmoqchidiz,
shu haqdamidi?" Özimni qölga oldim, va shunday
dedim:
"Madina nega sira
uchrashmaganimizi bilasanmi?
Chunki men seni yöqotishdan
qörqaman..." U meni gapimga hayron böldi va savol ohangida
söradi: "Nega Jinnivoy? Nima
böldi? Nimanidir bekityapsizmi?
Yoki meni aldaganmisiz?
Aytavering, men hammasini
eshitaman". Men hamma-hammasini aytdim
unga. "Madina meni
kechirolasanmi yoki yöqmi
bilmadim,- deb söz boshladim,-
Men boshqa odamman. Men sen
öylagan bolamasman. Senga 2 yil oldin boshqa bolani rasmini
yuborganman",- dedim. U
gaplarimni jimgina eshitib turdi.
Közlarida yosh bilan kulimsirab:
"Böldimi? Shunga shuncha
vahimami? Shunga siqilyapsizmi",-
dedi. Men yana biroz jim turib
gapirishda davom etdim: Bu hali
hammasimas, men 20
yoshmasman 19 yoshman,
dedim. Hech qayerda öqimasligimni
aytdim. Bu sözlarim og'ir botdi
Madinaga. Ancha vaqt ikkimiz
ham gapirmasdan jim öylardik.
Shu jim ötgan daqiqalar yillardek
uzun böldi. Hayolimda faqat bir savol edi: "Endi nima böladi?". Uzoq
sukutdan
keyin undan
söradim: "Qanday qarorga
kelding? Ayt, nima qilsak tög'ri
böladi? Bilaman, bu ishimni hech qanaqasiga oqlab bölmaydi.
Lekin shuni ham unutmaki, nima
qilgan bölsam, seni yöqotib
qöymaslik uchun qildim. Farishta
kabi qizsan, men bu farishtam
meni tashlab uzoqlarga uchib ketishini istamadim. Yuragimga
malham böluvchi yoqimli
ovozingni yana qaytib eshitish
uchun sen bilan uchrashishga
rozi bölmadim. Sen hayotimning
mazmunisan. Agar kechirolsang, kechir!"
Keyin u özini qölga olib, söz
boshladi:
"Men yaxshi körgan, sevgan,
özimdan ham köproq unga
ishongan insonim yöq ekan. U sarob ekan... Men shu kungacha
aslida umuman yöq odam bilan
gaplashgan ekanman. Yöq...
O'zimni hayollarimdagi insonni
sevgan ekanman..."
U yig'lardi. Men nima qilishni bilmay uning yig'isini eshitib
turardim. Qörqqandimdek u men
tufayli yig'lardi. Shu asnoda dilim
vayron, Xudodan bizga kuchli
iroda, sabr va baxt söradim.
Gunohlarim uchun kechirim söradim. Ösha onda Madinaning
men sizni kechirdim, nima bölsa
ham men sizni tashlab
ketmayman, sizni yaxshi
köraman, degan gaplarini
umrbod unutolmasam kerak. "Endi nima qilamiz?",- deb
söradim. U
shunday javob berdi: Buyog'ini
vaqt izmiga qöyib beramiz. Nima
bölsa taqdirdan...
Men uning sözlaridan juda quvondim. Yelkamdan tog'
ag'darildi. Eng muhimi u meni
kechirgandi va tashlab
ketmagandi. Ösha tunda birga
tongni qarshiladik. Bu tun ösha 2
yil ichida Madina bilan 133-marta birga tongni qarshilaganmiz.
Lekin bunaqa uzun va bunaga
og'ir tong bölmagandi hali...
Ertasiga, 25-mart kuni birinchi
marotaba uchrashuvga rozi
böldim. Soat birlarda "Kosmanavtlar"dagi xiyobonda
körishadigan böldik.
Men aytilgan vaqtda u yerga
bordim. Ozgina qidirdim,
topolmadim, chunki u bilan hali
körishmagandik. Keyin telefon qildim. Va uni topdim...
U mendan ancha uzoqdagi
örindiqda, qulog'ida naushnik
bilan yerga tikilib ötirardi. Uning
yoniga yaqinlashdim. U meni
payqamasdan, hamon yerga qarab ötirardi. Juda uzoq
kutilgan diydor fursati kelgandi.
Hayajonlanardim. Axir, u bilan ilk
marta bir-birimizni köramiz. U
boshini kötarib közlarimga tikildi.
Salomlashib, men ham uning
yoniga ötirdim. Yuragim shu
qadar tez urardiki, hayajon
kuchidan ösha daqiqalardagi
holatimni ham ta'riflay
olmayman. Ösha kuni kechqurungacha bir-birimizga
qarab, bölgan ishlarni xotirlab
kuldik. Keyin uni uyiga
kuzatvordim.
26, 27, 28, 29-martg kunlari ham
birga vaqt ötkazdik. Men göyoki juda ham baxtiyor edim. Axir u
hayotimning mazmuni edi. Eng
muhimi u yonimda edi, uni köra
olardim, közlariga termula
olardim.
Lekin, ich-ichimdan bu baxt yuzakidek tuyulardi. U yonimda
ediku, xuddi uni yana yöqotib
qöyadigandek xavotirda
yashardim. Endi nima bölarkin,
deb siqilardim.
Bir necha kun ötdi. 4-aprel Madinaning tug'ilgan kuni edi.
Hayotim mazmuni uchun ösha
kun unitilmas bölishini
xohlagandim. Lekin,
afsuski, buning iloji bölmadi. Men
uni körishga borolmadim. 6-aprelda u bilan uchrashdik.
Birga tug'ilgan kunini
nishonladik,
kech bölsa ham.
Shu zaylda kunlar öta boshladi.
Körishib turardik tez-tez. Doim u bilan körishganimizda bir
narsadan qörqardim: uning böldi,
bu bizning oxirgi körishishimiz
deyishidan. Afsuski, men qörqqan
hamma ish istaklarimga
böysunmagan holda baribir sodir bölaverishini yuragim
öshandayoq sezardi...
21-may... Shu kuni kechasi
Madina bilan tong otguncha
gaplashdik. Sog'indim dedi,
körishaylik dedi. Xöp, dedim.
U bilan oxirgi marta birga tongni
qarshilayotganimizni ösha
lahzalarda men qayoqdan ham
bilardim...Bugun yana tong otdi... 22-
may ajoyib ochiq havo bilan kirib
keldi. Biz Madina bilan
ertalabgacha suhbatlashib, shirin
orzular qildik. Keyin uchrashishga
qaror qildik.
Men doimgidan ham baxtliroq edim. Bordim. U keldi. Körishdi.
Xuddi birinchi
uchrashuvimizdagidek ancha
közlariga termulib ötirdim. Seni
sevaman dedim, uning közlariga
boqib. U kulimsirab, men ham dedi. Uni bag'rimga bosdim.
Biroz vaqt ötdi. U sizga bir gap
aytmoqchiman dedi. Keyin: "Bu
bizning oxirgi uchrashuvimiz,
boshqa uchrashmaymiz.
Bilasizmi, men charchadim. Eski xotiralarim
meni qiynayapti. Meni kechiring"
dedi. Bir zum dunyo köz oldimda
qorong'ulashib ketdi. Öylanib
qoldim. U mendan meni
topolmabdi. Örganmoqchi böldi, lekin sevolmagandi. Hammasiga
özim aybdor edim, hayolimga
tuzukroq fikr kelmasdi. Nima
deyishni bilmay qoldim.
"Meni kechir, seni qiynaganim
uchun, seni aldaganim uchun. Sen hayotim mazmunisan, sen
nima desang shu", - dedim. U
gaplarimni eshitib yig'lab
yubordi. Sizi yaxshi köraman,
faqat meni tög'ri tushuning. Men
uchun ham baxtli böling, deya quchog'imda yig'lardi. Uning
közlaridagi yoshni artarkanman,
shu gaplarni aytdim: "Men seni
yig'latdim, kechir, bugundan
keyin hech qachon men tufayli
yig'lamaysan. Umuman hech qachon yig'lamagin, endi hech
kimga ishonmagin. Men kabi
jinnilar seni yana ranjitishlarini
istamayman. Meni unutolsang,
ösha vaqtda menga qöng'iroq
qilgin. Öshanda sen bilan yana shunday yonma-yon turib
gaplashamiz. Shu kunlarni
xotirlab kulamiz. Haqiqiy döst
sifatida. Faqat sen baxtli bölsang
böldi..."
U endi faqat öqish orqali hammasini esdan chiqarishga
harakat qilishini aytdi.
"Sizga söz beraman, hech kim
bilan gaplashmay, sizi xotiraizga
xiyonat qilmay yashayman. Siz
ham menga söz bering, baxtli bölaman deb ayting",- dedi.
Unga meni baxtim sen bilan edi,
nima desang shu dedim. Ösha
yerda xayrlasharkanman
ichimdan otilib chiqayotgan
"ketma" degan sözni arang töxtatib turardim. Bu vulqon tafti
butun vujudimni kuydirardi.
"Qaniydi, qaytsang...",- öylardim
uni sönggi bor qucharkanman. U
qulog'imga pichirladi:
-Sizi doim yaxshi köraman! Nima bölganida ham baxtli damlarni
unutmayman, özizni asrang...
Sönggi bor xayrlashib, qöllarini
uzarkan, u bilmasdi mening
baxtimni, quvonchimni, eng
muhimi hayotim mazmunini özi bilan olib ketayotganini...
Shu kundan boshlab seni doim
kutaman. Abadiy yuragimda
yashaysan. Bilaman, bir kuni
yonimga kelasan, yuragim sezadi,
hayotim maznuni Madina...!!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев