Har bir ruh ezgulikka intiladi va bu yo'lda har narsaga tayyor turadi. Ruh ezgulikning mavjudligini his etadi, uni izlaydi, ammo uning qaerda ekanini anglashga kuch-quvvati yetmay qiynaladi.
Faylasuf bir xasisdan sadaqa so'radi. Uning ikkilanib turganini ko'rgan faylasuf dedi: <<Muhtaram zot, men sendan non uchun sadaqa so'rayapman, sag'ana uchun emas!>>
Faylasuf bir haykalning qarshisiga kelib tilana boshladi. Undan nega bunday qilayotganini so'rashganda: <<O'zimni rad javobiga ko'niktirmoqchiman>, - deb javob qildi.
Diohendan nima sababdan odamlar faqat qashshoqlarga xayr-ehson berishlari, faylasuflarga esa hadyani ravo ko'rmasliklari haqida so'rashdi. Faylasuf shunday javob berdi: <<Chunki odamlar qachonlardir oqsoq yoki so'qir bo'lib qolishlarini, lekin hech qachon donishmandga aylanmasliklarini yaxshi bilishadi-da!>>
Agar bilimlar muntazam rag'batlantirilaversa, tinimsiz kengaya boradi va natijada mamlakatni idora etish mushkullashadi, chunki makr-hiyla kuchayib ketadi. Bilimlarga to'siq qo'yib, rag'batlantirilmasa, odamlar samimiy va oddiyliklaricha qoladilar.
Jazo kuch-quvvatni paydo qiladi, kuch-quvvat qudratni, qudrat esa larzaga soluvch ulug'vorlikni, ulug'vorlik o'z navbatida ezgulikni yuzaga keltiradi. Demak, ezgulikning ibtidosi jazodir.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 40