mototsiklda
ketib borardi. Tezlik 180 km/s.
Ular
bir-
birlarini juda sevishardi. Qiz:
Biroz
sekinroq haydang..
Qo’rqayapman...
Yigit: Yo’q, bu biram qiziq.. Qiz:
Iltimos, qo’rqayapman.. Yigit:
Unda, meni
sevishingni ayt.. Qiz: Yaxshi.. Sizni
sevaman.. endi tezlikni
pasaytirasizmi?
Yigit: Meni yana bir marta
quchgin.. Qiz
uni qattiq quchoqladi. Qiz: Endi
balki
sekinroq haydarsiz? Yigit:
Boshimdagi kaskani olib o’zing
kiyib ol, iltimos. U
judayam noqulay va haydashimga
halaqit berayapti... Ertasi kuni
gazetada
bir voqea haqidagi kichik xabar
bosildi.Tormozi buzilgan bir
mototsikl
binoga borib urilgan edi.
Mototsiklda 2 kishi bo’lgan ekan.
Ulardan biri vafot
etibdi, ikkinchisi esa omon
qolibdi.
Yigit
mototsikl tormozi buzuqligini
tezlik
pasaymayotganidayoq bilardi.
Lekin u
qiz bu haqda bilishini
xohlamagan. Chunki bilardiki, qiz
bu narsadan juda
ham qo'rqib ketardi. Buning
o’rniga u
qizdan so’nggi marta uni
sevishini
yana
bir marta eshitdi, qizdan quchoq
oldi
va unga qiz tirik qolishi uchun
kaskasini
kiydirdi, hamda o’zi o’ldi... Ba’zan
oddiy
hayotning shundoqqina o’rtasida
sevgi
bizga ertak taqdim qilarkan.
So’nggi so’z o’rnida: Hayot qo’lda
yaxshi
qartalarni
tutib turishdan emas, balki bor
qartalar
bilan yaxshi o’ynashdan iborat.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев