Yigit va qiz bu haqda köp
bahslashishardi. Aslida ularning har birining yuraklarida
ikkisiga ham yetgudek bir dunyo sevgilari bor edi. Kim
köproq sevishini esa nigohlar hal qilib berardi doim.
Sevgiga töla közlar bir-birlariga uzoq termulardi. Yigit
har safar g'olib chiqardi. "Kördingmi, kim köproq sevarkan", -derdi u qizga. Qiz hech qachon mag'lub
bölganidan xafa bölmasdi. "Seni kimdir shunday seva
olsa, ehtimol baxt degani shu bölsa kerak" - öylardi u.
Ha, olamda sevgidan ulug'vor tuyg'u bölmasa kerak.
Lekin shu olamning yana bir qat'iy qonuni bor: sevgi
faqat 2 qalbga tegishli böladi, özgalar uchun esa u mavhum, boshqacha aytganda ahamiyatsiz. Yigit b-n
qizning sevgisini ham özlaridan boshqa hech kim anglay
olishmadi. Ota-onalar bu munosabatlarga qarshi
chiqdilar. Yigit ham, qiz ham ularning amriga qarshi
chiqmaydigan darajada qobil farzand edilar. Endi baxt
töla nigohlarni ma'yuslik egalladi. Ular bahslashadigan savol ham özgardi. Ularda faqat bir ma'noni uqish
mumkin edi: "Endi nima qilish kerak?" Ularning
qalblarida asrayotgan sevgilari köl suvidek sokin va
shaffof bölishi b-n birga töfondek qudratga ham ega
edi. Ular bu dunyoda bölmasa, u dunyoda baribir birga
bölamiz deb ishonardilar. Shuning uchun ham har ikkisi sevgisi uchun jonini qurbon qilishdanda chöchimasdilar.
Ularning ahd-u paymonlari shunday böldi: "Biz birga
ölamiz..." Ular sönggi bor bir-birlariga termuldilar. Qiz
yig'ladi... yigit xörsindi... Keyin har biri öz yöliga
ketdilar... Qiz sirtmoqqa böynini suqar ekan, közlarini
chirt yumdi. Közida yosh, tanida titroq, keyin esa og'riq... Yigit ham közlarini yumdi. Lekin uning taqdiri
bunday ölimni istamadi. Közlarini ochganida qoshida
ota-onasini kördi... Bir necha kun og'ir yotgan yigit
nihoyat qizning qabriga keldi. Endi u bir vaqtlar
dunyodagi eng gözal bölgan közlar örniga qizning
yurakni ezuvchi qabr toshlariga termuldi. Yangi qabr tuproqlari göyo yigitning yosh töla közlariga boqib
shunday derdi: ...kim köproq sevarkan?
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев