Tug'ilmoq o'limga qo'yilgan qadam.
Asli o'lish uchun tug'ilar odam.
Umrimiz o'tguvchi, qaytib kelmas u.
Barchamiz hamjihat, bo'laylik hamdam.
Bugun bog' ertaga mozordir dunyo.
Kimga keng, kimga tor gulzordir dunyo.
Birin berib birin, olib qo'yguvchi.
Aslida eng saxiy bozordir dunyo.
Qadringa yetadi qadrdon kishing.
Uning ham tashvishi sening tashvishing.
Yaxshilar hamrohing bo'lsa bilginki.
Hatto toshni chayna, to'kilmas tishing.
Kimsasiz kishiga tordek keng osmon.
Yolg'izlik Xudoga, bandaga yomon.
Yerda joy yetmasa, oyga qarab uch.
Xoxlasang marsga uch, qibla to'rt tomon.
Zamon zamon deymiz, joyida zamon.
Yulduzin yo'qotmas xatto keng osmon.
Bu so'zlar aslida o'zni aldashdir.
Pok yo'ldan qaytmaylik, urmasin shayton.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев