Предыдущая публикация
Mening shodligimsan,
bolaligimsan,
Mening g'ussam o'zing, mening
armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo'q, kun
yo'qdir, jonim!..
Xato qildimmikan men erta
kelib,
Yo sen adashdingmi kelib
keyinmi?
Goho kimliging ham bo'lmaydi
bilib,
Inim deymi seni, sevgilim
deymi?
Ket, deb haydolmasam
netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...
O'ylamay deymanu o'ylamay
bo'lmas,
O'tsang sen tomon bir
bo'ylamay bo'lmas.
Sen mening hammadan
yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so'ylamay
bo'lmas.
#новости


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев