shoshqin daryo ekan, soy
ekan, Bu oy "Qur'on" nozil
bo'lgan oy ekan, Ro'za tutgan
zot iymonga boy ekan,
Mo'min-musulmonlar, ro'za
muborak! Qabul qilsin Subhon
Olloh Taborak. Ro'za bizga
yordam qo'lin uzatmish,
Takabburlar axloqini
tuzatmish. Rasululloh yig'lab
uni kuzatmish, Mo'min-
musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh
Taborak. Miskinlarni boy
yedirib ichirsin, Arazlashgan
bir-birini kechirsin, Olloh olov
kamzullarni yechirsin, Mo'min-
musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh
Taborak. Bo'lsang uyda, xoh
dalada, adirda, Uxlab yotma
sen Laylatul-qadrda. Bu tun
hatto ruhlar yotmas qabrda, Mo'min-
musulmonlar, ro'za
muborak! Qabul qilsin Subhon
Olloh Taborak. Ro'zamizni
Olloh uchun tutaylik, Bu
dunyodan Iymon bilan
ketaylik, Mangu xuzur- xalovatga
yetaylik, Mo'min-
musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh
Taborak
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев