Bu dunyoda mehr oqibat ustun,
Musofir yurtlarda yurganing  uchun,
Sog'inib intizor kutib turganda,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi  bugun?
Har zum xavotirda soatga qarab,
Har kun duosida omading so'rab,
Gohida pinhona sog'insa yig'lab,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi  bugun?
O'zing uchun yelib, baxtingni  topding,
Do'stu oshnolarga vaqtingni  topding,
Shu kunlarga yetib qadringni  topding,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi  bugun?
Nogahon bolanga bir ozor yetsa,
Ko'zinga dunyo tor, kuning bo'lar tun,
Sen deb tunlari beorom o'tsa,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi  bugun?
Onasi qololmay darddan qutqarib,
Mozorga borarlar gullar kutarib,
Mehrga zor bo'lib qolibdi qarib,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi  bugun?
Mana shu kunlarda bir o'ylab  ko'rgin,
O'zing uchun olding qancha zo'r  kiyim,
Aytgin onang uchun ne qilding  do'stim,
Bir marta qo'ng'iroq qildingmi  bugun?
Yo'lsiz qolib, ketsang yo'l topiladi,
Dilinga bir dildosh dil topiladi,
Qo'y o'sha boylikni pul topiladi,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi  bugun?
Muhamaddiyor so'zi og'ir botmasin,
Onalarnin umri g'amda o'tmasin,
Mehr quyoshlari bevaqt  botmasin,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi  bugun?

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев