Предыдущая публикация
Chidab beray xar qanday kunga,
Yolvorayin o'tinchim senga,
ONAJONIM YIG'LATMA XAYOT,
Mayli ozor bilan yurayin,
Taqdirimga borin ko'rayin,
Xar sonyada sendan so'rayin,
ONAJONIM YIG'LATMA XAYOT,
Tor bo'lsa xam dunyoyu olam,
Tinmasa xam ko'zdagi jolam,
Lek yagona dildagi nolam,
ONAJONIM YIG'LATMA XAYOT,
Yurakginam bo'lsa xam pora,
Malxam izlab topmasam chora,
Bir tilagim aytay ming bora,
ONAJONIM YIG'LATMA XAYOT,
Ol umrimni baxtli chog'ini,
Orttirsang xam dilim dog'ini,
Faqat tinglab ko'nglim oxini,
ONAJONIM YIG'LATMA XAYOT.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев