Предыдущая публикация
shu kech,
Shu kech qilding shod raqib elin.
Onam aytdi: "Otin aytma hech!
U begona, endi u kelin".
Dedim:"Borib yo'lin to'saman,
Kerak bo'lsa to'yin buzaman".
Otam aytdi:"Boyning uzaman!
U begona, endi u kelin"
Osmonlarga o'rladi "Yor-yor",
Xorning bag'ri yerladi zor-zor,
Surnaylar ham aytdilar takror:
"U begona, endi u kelin".
Unga quloq solgim kelmaydi,
Shu so'zni tan olgim kelmaydi,
Hech ko'nika olgim kelmaydi
-
U begona, endi u kelin.
Tushlarida menman yolg'onmu,
Ishq faqat tushlarda qolg'onmu?
Boshqa so'zni Xudo olg'onmu
-
U begona, u endi kelin
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1