Предыдущая публикация
„Bolalar“ning qo‘shiqchisi Tohir Sodiqov 1973-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Sodiqov do‘stlari Bahodir Po‘latov va Javohir Zokirov bilan birga 1989-yil maktabni bitirishi bilan „Bolalar“ guruhini tuzgan. Guruhning ilk yillarida Ruslan Sharipov badiiy rahbar va bastakor bo‘lgan. Tohir Sodiqov 2000-yillarinig o‘rtalaridan yakkaxon qo‘shiqchi sifatida ham qo‘shiq ayta boshladi. Sodiqovning „KELAJAK RECORDS“ deb nomlangan o‘z studiosi bor. Tohir Sodiqov shu kungacha „Nihol“ va „Tarona“ kabi yuzlagan mukofot olgan. Hozirgi kunda Tohir Sodiqov yakkaxon artist sifatida ishlashda davom etyapti. Sodiqov ashulalaring she‘rini ham, musiqasini ham odatda o‘zi yozadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев