hijronlaridan, Manglayga bitilgan
armonlaridan. Taqdirning beayov
farmonlaridan, Sen hamon
yig‘larsan, men yig‘lab bo‘ldim.
Bu bir kam dunyoda kimning
kami yo‘q? Bu bir kam dunyoda
kimning g‘ami yo‘q? Bu bir kam
dunyoda dil malhami yo‘q, Sen
hamon izlarsan, men izlab
bo‘ldim. Endi rashk otashi
bag‘rimni yoqmas, Endi visol
menga qayrilib boqmas. Hatto
hijron kelib eshigim qoqmas, Sen
hamon kutarsan, men kutib
bo‘ldim. Karvonlar ortidan yo‘l
qolgusidir, Sahroyi bahordan
cho‘l qolgusidir. Behuda
yongandan kul qolgusidir, Sen
hamon yonursan, men yonib
bo‘ldim. Cho‘qqilar cho‘kmagay -
qor ketgan bilan, Ilk sevgi
ketmagay yor ketgan bilan.
Dardlaring tugamas soz chertgan
bilan, Sen hamon kuylarsan, men
kuylab bo‘ldim. Quyoshdan
ayrilib yig‘lamas ko‘zim, Bulutlar
to‘ssa-da oyu yulduzim.
Ranglarga zor buldi kecha-
kunduzim, Sen hamon bo‘zlarsan,
men bo‘zlab bo‘ldim. Parvarish
yetmadi ishk niholiga, Xazondek
to‘kildim kuz shamoliga. Ey
ko‘ngil, to hanuz Jahon holiga,
Sen hamon kularsan, men kulib
bo‘ldim.
http://odnoklassniki.ru/dk?cmd=PopLayerPhoto&st.layer.cmd=PopLayerViewAltGroupPhotoStickyOuter&st.layer.showNav=on&st.layer.revNav=off&st.layer.sphotoIds=574502904738&st.layer.happening=off&st.layer.direction=on&st.layer.navPos=1&st.layer.completeChunk=off&st.layer._bw=1498&st.layer.type=GROUP&st.layer.navStartPhotoId=574502904738&st.layer.i=off&st.layer.limitedUi=false&st.layer.photoId=575056369570&st.layer.photoIds=574502904738%3B575056369570%3B575043218338%3B575043140258%3B575042634402%3B575042544290%3B575042078626%3B575041848994%3B575039595938%3B575039435170%3B575025503906%3B575024692130%3B575021407394%3B575003412386%3B575003061154%3B574985026978%3B574979969698%3B574976974754%3B574971377
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1