Uch nafar yigit va uch qiz dam olish
niyatida dengiz böyiga otlanishdi.
Ularni maroqli hordiq kutmoqda edi.
Bu yoshlar bir-biriga köngil
qöyishgan, közlarida muhabbat
uchqunlardi. Ötgan ketganlarga ham
jilmayib boqishardi. Ularning
nazarida,
bu
dunyoda hamma odamlar özlari kabi
baxtli edilar. Lekin, unday emasdi.
Ular
ötirgan avtobusda 30 yoshlardagi
kishi ham bor edi. Yoshlarning
quvnoq
kulgusi, hazil-huzuli uni öng'aysiz
ahvolga solardi. Yoshlar quvnagani
sayin uning qalbi og'rir, oxiri
közlarini
chirt yumib oldi. Bu shovqin unga
yoqmayotgani sezilib turardi.
Qizlardan biri uning bu holatiga
jim qarab turolmadi, notanish
kishining yoniga ötirdi. Uning
ismini sörab bildi. Erkak bundan 4 yil
oldin jinoyat qilib qamalgan, endi
turmadan uyiga ketayotgan ekan. Bu
qizni battar hayratlantirdi.
-Uyga qaytayotgan bölsangiz, nega
xursand emassiz?
Uylanganmisiz,- söradi qiz.
Bu savolga suhbatdoshi tushunarsiz
javob berdi: -Bilmayman...
-Qanaqasiga bilmaysiz, - söradi qiz
ajablanib.
-Turmaga tushgan paytimda
xotinimga xat yozib, uzoq vaqt
bölmasligimni aytdim. Meni kutish
oson bölmasligini tushunardim. Agar
kutishga sabring yetmasa, mayli,
meni
unut, seni tushunaman, özingga
yoqqan kishiga turmushga chiq, buni
menga aytmasang ham mayli
dedim.
-Endi esa xotiningiz sizni kutyaptimi
yoki turmushga chiqqanmi, buni
bilmay uyga
ketyapsizmi?
-Ha, - og'ir xörsindi u - qamoqdan
ozod bölishimni aytishgach, bir hafta
oldin xotinimga yana maktub
yozdim. Maktubda shunday
deb yozdim: "...agar
senga kerak bölsam,
shaharchaga kiraverishdagi
ustunga sariq römolcha bog'lab
qöy, shundan senga kerakligimni
anglayman. Agar kerak bölmasam
hech narsa qilma. Men
avtobusdan tushmay ötib ketaman..."
Yigitning gaplari boyagina xandon
ketayotgan yoshlarni
öylantirib, jim qilib qöydi. Uning
xotinini qattiq sevishi ma'yus
nigohlaridan sezilib turardi.
Shaharchaga hali uzoq edi. Endi ular
har bir kilometrni sabrsizlik
bilan hisoblashar, asablar tarang
tortilgandi. Avtobus manzilga
yaqinlashgani sayin hammaning
diqqati oshardi. Erkak bu holatga
chidayolmay közlarini chirt yumib
oldi. Ön kilometr qoldi. Besh...
Uch... Bir payt yölovchilar birdan
örinlaridan turib qichqirib
yubordilar. Sobiq maxbus yigit
esa avtobus oynasidan tashqariga
boqib, tosh kabi qotib
qoldi: yöldagi barcha daraxtlar
shohiga
sariq römolchalar bog'lab qöyilgandi.
Römolchalar
shamolda hilpirab, uyga qaytayotgan
odamni q
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2