Предыдущая публикация
Tog' bag'rida ikkita lola,
shu lolaning bittasi sensan.
Firoqingda qilaman nola,
shu lolaning bittasi menman.
Senga talpinaman tinmayin,
shamol mening yo'limga to'siq.
Sensiz yashab ayt men netayin,
axir menman, men senga oshiq.
Barxam berib yolg'izligimga,
birga unib o'sgin men bilan.
Chiroyingni yashirmaginda,
iforingni tarat men bilan.
Ko'ngillarni zaft etaylik biz,
mehr bilan, muhabbat bilan.
Ishq qasrini qurib ikkimiz,
bezataylik gul lola bilan.
Talpinaman quvonib baxtdan,
sevib qoldim yurak yurakdan.
Qanday kechay shirin tilakdan,
qanday kechay senday malakdan.
Sizlar uchun do'stlarim.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев