bering, Demang yuribdi-ku kulib,
jilmayib. Ayol kulib turib o‘lishi
mumkin, Dunyoni olishi mumkin
jilmayib. Ayolga baxt bering,
saodat bering, Gar ko‘zlari kulib
tursa-da, Bo‘g‘zining ostida
necha ming hasrat, Oy yuzlari
kulib tursa-da... Ko‘nglini
ko‘taring hech bo‘lmaganda,
Qo‘lini silashga shafoat toping.
Yig‘lab turganida hech
bo‘lmaganda, Yoshini artishga
muruvvat toping. Nogoh yerga
tushsa oppok ro‘moli, Bosib
o‘tmaslikka shafoat toping.
Chaqaloq yalagan etaklarini Toza
deb aytishga adolat toping.
Ayolga baxt bering, saodat
bering, Demang yuribdi-ku kulib,
jilmayib. Ayol kulib turib o‘lishi
mumkin, Dunyoni olishi mumkin
jilmayib. Ayolga baxt bering,
saodat bering, Illohi nur toping,
hidoyat toping. Illohi baxt
bergan ayol yonidan Baxtiyor
o‘tmokqa inoyat toping. Illohi
qalqonsiz, illoh qo‘rg‘onsiz
G’iybatlar yirtmasin
ko‘ylakkinasin. Illohi hushyorsiz,
illoh bedorsiz, Itlar tishlamasin
yurakkinasin. Ayolga baxt
bering, saodat bering, Tog‘
qimirlab, toshlar so‘zga kirsa- da,
Ayolga baxt bering, saodat
bering, - Oltmishga kirsa-da,
yuzga kirsa-da.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев