Ertalab turasan sog'u salomat, Ming bitta ishing bor hali bitmagan, Tashvishlar boriga ming shukr deb ayt, Bunday baxt hammaga nasib etmagan! Ro'zg'orda ming bitta kamchiliging bor, Farzandlaring bilmay berishar ozor, Ammo, bu hayotga kimlar bugun zor, Bunday baxt hammaga nasib etmagan! Nolima, ishlarim yaxshi emas deb, Yarim tun uyg'onib asabingni yeb, Shukr qil barchasin bir o'ylab ko'rib, Bunday baxt hammaga nasib etmagan! Siqilma qo'shnimning tomi baland deb, Narigi qo'shnimning nomi baland deb, Ota onang bo'lsa qo'llarini o'p, Bunday baxt hammaga nasib etmagan! Oqibatli do'stlar hol so'rab tursa, Qarindosh jigaring gar yaxshi ko'rsa, Oyoqlaring yurib, ko'zlaring ko'rsa, Bunday baxt hammaga nasib etmagan! Nafas olayapsan O'zbekistonda, Kamchilik haqida so'zlash yomonda, Har kuni yangilik qara har yonda, Bunday baxt hammaga nasib etmagan! Ahad Qayum kasbing, rizqing butundir, Har yozgan bir satring durdir oltindir, Barchaga shukrona so'zin tushuntir, Bunday baxt hammaga nasib etmagan! Ertalab turasan sog'u salomat, Ming bitta ishing bor hali bitmagan, Tashvishlar boriga ming shukr deb ayt, Bunday baxt hammaga nasib etmagan!
AHAD QAYUM
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3