Asr namozi to‘rt rakat farzdan iborat. Bu namoz bilan peshin namozi farzining o‘qilishi bir xil. Niyatda«Asr namozining to‘rt rakat farzini...» deyilsa bo‘ldi.
SHOM NAMOZI
Shom namozi uch rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat. Uch rakatli farzning o‘qilishi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Turib, Fotiha, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat».
11. Turib, faqat Fotiha.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. O‘tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
15. Salom.
Shom namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining ikki rakat sunnati kabi o‘qiladi.
XUFTON NAMOZI
Xufton namozi to‘rt rakat farz, ikki rakat sunnatdaniborat.
Xufton namozining to‘rt rakat farzi peshin namozining farzi kabi o‘qilib, faqat niyatda farq bo‘ladi. Xuftonning ikki rakat sunnati ham yuqorida o‘rganganimiz bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi bir xil tartibda o‘qiladi.
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5