oltinchi mahkum
Turma darchasidan
ko'chaga boqgum.
Kunlar, oylar, yillar
o'tgani sari
Ko'z oldimga kelar otam
bog'lari.
Bu oftob onamning
yoshlik ko'zidir,
Yomg'irlar u ko'zning
sog'inch so'zidir.
Jondan o'tar ekan bu
sovuq kunlar
Lori gulxanini
qo'msayman tunlar.
Tushimga har kecha kirar
bir dilbar,
O'zin shamsiya der, meni
Vir atar.
U aytar: "Bu sening
vataning emas",
Lek mening yurtimga
qiladi xavas.
Men yetti yuz sakson
oltinchi mahkum
Panjara ortidan yorimga
boqgum.
Uning nazarida bizlar bir
juft gul,
Va bir-birimizga
o'xshaymiz butkul.
Umid uyg'otadi duo
singari
Uning kulib aytgan sirli
so'zlari.
Agar shodmon bo'lsam u
ham suyunar,
Men uchun hammadan
ko'proq kuyinar.
Uning va'dalari, ahdu
paymoni,
Go'zal ko'rsatadi menga
dunyoni.
G'ayrat jo'sh uradi
bilaklarimda,
Himmat paydo bo'lar
yuraklarimda.
O'zga yurtdagi bir begona
g'uncha,
Nimaga men uchun
qayg'urar buncha.
Uning nazdida biz bir juft
guldaymiz,
Birga quvnagaymiz, birga
kulgaymiz.
Men yetti yuz sakson
oltinchi mahbus
Panjaradan ko'kka
boqarman tuyqus.
Osmon orzularim uning
orzusi,
U mening dilimning
shimol yog'dusi.
Qalbi ezgulikka to'la bu
dildor,
Men uchun hattoki
o'limga tayyor.
Mening heshlarimga qilay
deb xizmat
O'z azizlaridan kechgan u,
rahmat!
U aytar: "Bu sening
vataning emas",
Lek mening elimga
qo'ygandir xavas.
Uning nazdida biz bir juft
lolamiz,
Faryodimiz birdir, birdir
nolamiz.
Men yetti yuz sakson
oltinchi mahkum
Turma darchasidan
ko'klarga boqgum...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев