Sharmanda qilmagin, omad yo'llagin,
Dunyoda eng baxtli odam bo'layin,
Yugur, ulgur deydi yurak, ey Olloh,
Ko'p ishlar qilishim kerak, ey Olloh.
Yurtimning oldida burchim bor axir,
Turmush degan ola xurjun bor axir,
O'qidim, o'rgandim kuchim bor axir,
Kechagi kunim ham ertak, ey Olloh,
Oilaga kerak erkak, ey Olloh.
Onamning dardiga dardman bo'lmasam,
Otamning beliga kamand bo'lmasam,
Dildoshim diliga dilband bo'lmasam,
Bo'lmaymanmi elga ermak, ey Olloh,
Kulmaydimi ko'rgan ko'ppak, ey Olloh.
Ey Olloh, shu safar marhamat qilgin,
Ahadning manzilin munavvar qilgin,
Yolg'izgina boshin mo'tabar qilgin,
Tikdim men umiddan ko'ylak, ey Olloh,
Ko'p ishlar qilishim kerak, ey Olloh,
Yugur, ulgur deydi yurak ey Olloh.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев