Ko'nglim qoldi
dildordan
ham,yordan ham,
O'tkinchi bu dunyodan ham zardan
ham,
Qo'msayman-u topolmayman hech yerdan, Chunki oramizda Rasululloh
kam. Gunohlarim dunyochadir boshim
ham,
Vujudimni poklagan - dir anduh -
g'am,
Sog'inaman yig'lab mudom ko'zda nam, Chunki oramizda Rasululloh kam.
Ma'siyatlar yuz bermoqda har
qadam,
Gunohsiz-u,beozormas hech odam,
Izlab-izlab sabablarin so'rasam,
Chunki oramizda Rasululloh kam. Dunyo yolg'onlarga to'ldi ushbu
dam,
Zulmatlarni yoritguvchi yo'qdir
sham
Ummatlari qoldi bo'zlab ko'zda
nam Chunki oramizda Rasululloh kam. Siz bo'lganda bir kam dunyo
to'lardi,
Ummatingiz hulqingizni ko'rardi,
Hech shubhasiz yo'lingizdan
yurardi,
Chunki oramizda Rasululloh kam. Vorislarni saflaridan izlayman,
Hech olimni sizga
o'hshatolmayman,
Hatto gardingizni topa olmayman,
Chunki oramizda Rasululloh kam.
Sog'ich ila, firoq ila yig'layman, Chunki oramizda Rasululloh kam...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев