Bu kasallikning sabablari quyidagicha: - buyrakda suv-tuz almashinuvining buzilishi; - siydik nayi va qovuqda peshobning dimlanib qolishi; - tarkibida mineral tuzlar ko'p bo'lgan mahsulotlarni uzoq vaqt iste'mol qilib yurish; - suv-tuz almashinuvini rostlaydigan ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez va qalqonsimon bez yonidagi bezchalar, gipofiz) funktsiyasining buzilishi. Yuqorida aytib o'tilgan holatlar kuzatilganda siydikda tuz kristallari hosil bo'ladi. Bu
tuz kristallari shakllanib, siydik toshlariga aylanadi. Shunda urat kislota tuzlaridan uratlar, kal tsiy oksalatlardan oksalatlar, fosfat kislota tuzlaridan fosfatlar, kal tsiy karbonat tuzlaridan esa karbonatlar hosil bo'ladi. Paydo bo'lgan to'g'nog'ich boshidek hajmdagi toshlar tezda yiriklashadi va katta toshlarga aylanadi. Siydik tosh kasalligi hamma yoshdagi kishilarda, ayniqsa 20-50 yoshlarda ko'p uchraydi. Kasallik boshlanishida buyrakda tosh hosil bo'lib, u erdan siydik nayiga va qovuqqa tushadi. Umuman, tosh qaerda joylashishiga qarab, kasallik ham turlicha kechadi. Masalan, tosh buyrakda bo'lsa, bel simillab og'rib turadi, jismoniy ish bajarganda yoki transportda silkinganda og'riq kuchayadi. Qovuqda tosh paydo bo'lganda esa og'riq bilan siyadi. Jismoniy ish qilganda yoki ko'p piyoda yurilganda tosh qovuqning shilliq pardalarini ezadi, shunda siydik qon aralash keladi. Aksincha, tosh siydik kanalini to'sib qo'ysa, bemor yaxshi siya olmaydi yoki yonboshi bilan yotib siyadi. Bordiyu tosh ikkala buyrakda yoki siydik nayida tiqilib qolsa, siydik mutlaqo to'xtaydi, bunda qovuqda siydik bo'lmaydi. Bu o'ta xavfli asoratdir, chunki siydik ajralishining to'xtab qolishi natijasida tanada moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladigan zararli mahsulotlar (chiqindilar) tashqariga chiqib ketmay, tananing o'zini zaharlaydi va uremiya deb ataluvchi og'ir holat vujudga keladi. Zudlik bilan shifokor chaqirilmasa, zaharlanish kuchayib, butun tanaga yoyilib ketadi. Buyrak tosh kasalligida toshning qaerda turganiga va katta-kichikligiga qarab turlicha davo usullari belgilanadi. Siydik nayidagi mayda toshlarni
har xil dori-darmonlar, fizioterapiya muolajalari va ko'p miqdorda suyuqlik ichirish yo'li bilan vrach nazoratida haydab chiqariladi. Tosh siydik nayining qovuqqa yaqin joyida to'xtab qolsa, uni ba'zan maxsus sirtmoq solib, so'ng olinadi. Buning iloji bo'lmasa, jarrohlik usuli qo'llanadi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 19