Sen qaytmading bir bor siroqlab
Yodga tushsang dilim tirnalar
Nahot shuncha ketding yiroqlab
Qayerlarda manzil makoning
Qaysi joyda topding sen panoh
Balki qaytmas kechagi kundan
Etayapsan sen meni ogoh
Bir zum ortga qaytmasligingni
Tushunmadim anglamadim hech
Qara sochga qo'nyapdi qirov
Nahot endi bo'lgan bo'lsa kech
O'sha shirin xush damlarim
Nahot endi kelmas bir qaytib
O'sha paytlar baxtiyorligim
Ulgurmadim bir senga aytib
Qachon seni yo'qotganimni
Hatto o'zim olmadim anglab
Bir zum quloq tutsang bo'lardi
Yuragimni arz dodin tinglab
Ne bo'lardi yonimda yursang
Quvonchingla mehringla siylab
Aytgin endi baxtiyormisan
Sog'inchingla jonimni qiynab
O yoshligim bagritoshligim
Bo'lmasmidi kuzga o'xshasang
Shu ilinj ham beradi taskin
O'g'lim ko'zlarida mangu yashasan
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев