http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41372454?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Samarqanddagi oliygohlardan birida tahsil oluvchi va viloyatdagi tumanlardan birida istiqomat qiluvchi 24 yoshli talaba 2016 yili 17 yoshli singlisini zoʻrlagan.
Mahkama jarayonida qiz akasi tomonidan ikki marta zoʻrlanganini va natijada homilador boʻlib qolganini aytgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyat sudida aka singlisini zoʻrlab homilador qilib qoʻygani holati tinglandi. BBC Oʻzbek xizmati izlanishidan maʼlum boʻlishicha, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi jinsiy zoʻrlashlar asosan qishloq joylarda uchraydi va soʻnggi yillarda keskin koʻpaygan.
Aka singlisini zoʻrlab homilador qilganligi toʻgʻrisidagi tafsilotlar yangi tugʻilgan chaqaloqlarning chala kuydirilgan jasadlari yuzasidan boʻlib oʻtayotgan mahkama doirasida maʼlum boʻldi. Ushbu jinoiy ish jarayonida yana bir intsest - togʻaning oʻz jiyanini zoʻrlagani ham oʻrin olgan.
Intsest (yaqin qarindosh bilan jinsiy aloqa qilish) qurbonlari va ishtirokchilari boshqa bir ish yuzasidan koʻrsatma berish uchun sudda ishtirok etmoqda.
BBC ushbu ishda ayblanayotganlarning Samarqand tergovchilari tomonidan qiynoqlarga tutilgani va 8 yashar qizchani onasining koʻz oldidia zoʻrlash bilan tahdid qilishgani haqida yozgan edi.
Sud jarayonini yaqindan kuzatib borayotgan BBC Oʻzbek xizmati manbasining aytishicha, sudda akasidan homilador boʻlib qolgan qizning hikoyasi tinglangan.
Samarqanddagi oliygohlardan birida tahsil oluvchi va viloyatdagi tumanlardan birida istiqomat qiluvchi 24 yoshli talaba 2016 yili 17 yoshli singlisini zoʻrlagan. Mahkama jarayonida qiz akasi tomonidan ikki marta zoʻrlanganini va natijada homilador boʻlib qolganini aytgan.
Hakamning nima uchun uchun huquq tartibot organlariga murojaat qilmading degan savoliga qiz onasi va otasi tomonidan bosim ostida qolganini aytgan.
BBCga maʼlum boʻlishicha, shu yilning fevral oyida akasidan homilador boʻlgan qiz onasi bilan Samarqand shahridagi xususiy klinikalardan biriga keladi. Ona klinika xodimlariga qizini buzuq ekanligi va boshqa odamlardan bola orttirib olganini aytadi.
"Qiz akasidan homilador boʻlgach, dardini hech kimga aytmay yuravergan. Qorin kattarib oʻzini osishga harakat qilganida onasi bilib qolgan va xususiy ginekologik klinikaga olib kelgan. Klinika xodimlariga qizini buzuq va boshqalar bilan yurib homilador boʻlganini aytgan. Qiz ultratovushli uskunaga tushirilganida homilaning urod (majruh) ekanligi koʻringan", - deydi xususiy klinikaga yaqin BBC manbasi.
Klinika xodimi 17 yoshli qizlarning homilasi majruh boʻlishi kam uchrashini va buning sabablaridan biri yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqa boʻlishi mumkinligini aytgan. U qizdan nima boʻlganini soʻraganida qiz yigʻlab akasidan homilador boʻlganini va onasi tergagani uchun uni hech kim ayta olmasligini bildirgan.
Mahkama jarayonida unga keyinchalik tergovchilar tomonidan ham sudlanuvchiga nisbatan qoralov koʻrsatmasini yozib berish uchun bosim boʻlganini gapirgan.
Sud jaryonida yana bir holatda togʻa oʻz jiyanini zoʻrlab homilador qilib qoʻygani yangragan.
Kuzatuvchilar yaqin qarindoshlar oʻrtasida jinsiy zoʻravonlik va homila orttirishlar yildan yilga koʻpayayotganini aytadi.
"Bu holat asosan qishloq joylarida koʻp boʻladi. Oʻzim 2008 yilgacha Samarqanddagi xususiy klinikalarning birida akusher-ginekolog boʻlib ishlaganman. Homilasini oldirish uchun oʻsha vaqti bir yilda kamida uchta - otasi, akasi yo boshqa yaqin qarindoshidan homilador boʻlib qolgan qizlar kelardi. Samarqandda 5 ta ana shunday klinika boʻlganini hisobga olsak uning koʻlamini tasavvur qilish mumkin. Vrach tanishlarimning aytishicha, soʻnggi yillarda bu holat keskin koʻpaygan", deydi sobiq akusher ginekolog.
Uning aytishicha, bunday holatlarga tushgan qizlar asosan voyaga yetmagan boʻladi va huquqi himoyalanmagan. Yaqinlaridan homilador boʻlgan bu qizlar oila sharmanda boʻlmasligi uchun onasi va otasi bosimi ostida qolib ketadi.
"2000 chi yillarning boshida bobosi oʻz nevarasini zoʻrlab homilador qilib qoʻyganiga shaxsan guvoh boʻlganman. Bobo qizchani 9 yoshdan 14 yoshgacha zoʻrlagan. Boʻyida boʻlib qolgach klinikaga olib kelgan. Biz qonunga amal qilib voyaga yetmaganlarga uyda zoʻravonlik koʻrsatilgan degan shubha bilan prokuraturaga berdik. Ammo boboga jazo qoʻllanilmadi. Ish bosdi-bosdi boʻlib ketdi", - deydi u.
Oʻzbekistonda intsest holatlari, yaʼni yaqin qarindoshlar tomonidan qizlarning zoʻrlanishi haqida xabarlar matbuotga deyarli chiqmaydi.
Jimlik jamiyatdagi shakllangan anʼanalar bunday holatlarning borligini tan olishga va uni oshkor qilishga yoʻl qoʻymasligi bilan izohlanadi.
Mutaxassislar bunday holatlar yildan yilga koʻpayib borayotganini va yoshlikda ruhiy zarba olgan qizlar 30 yoshdan soʻng ushbu holatlarni koʻtara olmasdan joniga qasd qilish holatlari koʻpayishi mumkinligidan ogohlantirishadi.
BBC bilan gaplashgan manbalarning aytishicha, akasi yoki otasidan homilador boʻlib qolgan qizlar koʻp holatlarda oʻz joniga qasd qilishga moyil boʻladi va shunga harakat qiladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 41
Tufanxonim
Yuqoridagi mavzu umuman boshqa bir masala
Siz bõlsangiz
İshtoni yõq,tizzasi yirtiqqa kularmush
Degan maqolni bilsangiz bundan keyin shu maqolga amal qilib keyin Ali toğani itiga õxshab akillang
Demoqchimanki Vatan bitta bõladi iymoni butun insondagina
Sizga bas ÕZBEKİSTON ni kelajagini muxokama qilish
Siz Turkiyada tirikchiligingizni qilib yuravering ammo bizni Erkaklarni,or-nomus
Ğururi haqida qayğuradigan
Uyim joyim deb õtirgan duogõy ayollari bor.
Manga javob õylabroq yozing
TUFAN honim
Ğurur haqida gapirayotudilar
MARS ni nega haoratlaysiz nima hamma erkaklarniki shimini ichida tursa
SİZNİKİ oğzingizda turadimi
Tilingizga erk bermay Tufanhonimni ishtoniga egalik qiling