Seks va aloqalar fani Angliyaning barcha maktablarida majburiy boʻladi. 4 yoshga toʻlgan bolalardan boshlab hamma oʻquvchi ushbu darsga kiradi. Biroq ota-onalarda farzandlarini ushbu darsdan ozod qilishi huquqi saqlanib qolinadi.Taʼlim vaziri Jastin Griningning aytishicha, 4 yoshga kirgan barcha bolalar xavfsiz va sogʻlom aloqalar toʻgʻrisida taʼlim oladi.Bolalar maʼlum yoshga toʻlganidan soʻng seks haqida ham oʻqitila boshlaydi. Biroq ota-onalarning farzandlarini ushbu fanlardan ozod qilish huquqi saqlanib qoladi.Shu vaqtgacha jinsiy aloqa darslari faqatgina mahalliy hokimiyatlar tomonidan taʼminlanadigan maktablarda majburiy edi.Hokimiyat qaramogʻida boʻlmagan akademiya va boshqa bepul maktablar milliy oʻquv dasturiga amal qilishga va jinsiy aloqalar fanini oʻqitishga majburiy emas edi.Hukumat qabul qilgan chorlar boʻyicha, endi ushbu fanni oʻqitish turidan qatʼi nazar barcha maktablarga majburiy boʻladi.Maʼlum yoshga toʻlganlarga moʻljallangan darslarda sogʻlom aloqalar nimani anglatishi hamda seksting(jinsiy aloqalarga oid matnlar va suratlarni telefon orqali yuborish), onlayn pornografiya va shilqimlikning xavflaridan ogohlantiriladi.Boshlangʻich maktablarda sogʻlom aloqalar qurish va xavfsiz qolishga eʼtibor qaratiladi. Oʻrta maktablarda esa jinsiy aloqalar haqida maʼlumot beriladi.Angliya taʼlim tizimga koʻra, bolalar 4 yoshdan 11 yoshgacha boshlangʻich maktablarga boradi. 11 yoshdan boshlab oʻrta maktablarda oʻqiydi.Hukumat oʻquvchilarga nima oʻrgatilishi va qaysi yoshdan boshlab oʻqitilishi borasida bahslar oʻtkazadi. Shu yilning oxirida omma uchun tushuntirish ishlari olib boriladi.Taʼlim vazirligining aytishicha, yangi oʻquv rejasi 2019 yilning sentyabridan boshlab amal qiladi.Jastin Greningning bildirishicha, jinsiy aloqalar faniga qoʻllanma 2000 yilda yozilgan va bugungi kunga kelib talabga javob bermay qolgan."Ushbu darslik 17 yil davomida kiberqoʻrqitish, seksting va internet xafvsizligi tarqalgan holatlardan bolalarni qutqara olmaydi", - degan u.
Hissiy yondashuvOta-onalarning farzandlarini jinsiy aloqalar darsiga bermaslik huquqi saqlanib qolinadi."Ushbu fanni qanday oʻtish borasida maktablarda erkinliklar saqlanib qolinadi. Ular mahalliy jamoatning ehtiyojlaridan kelib chiqib darslarni moslashtirishi mumkin. Diniy maktablar esa oʻz eʼtiqodidan kelib chiqib taʼlim berishda davom etaveradi", - degan Taʼlim vaziri.Yangilik maktablar yetakchilarining birlashmasi NAHT rahbari Rossel Hobbi tomonidan iliq qarshi olingan. U maʼlum yoshli oʻquvchilarga moʻljallangan jinsiy aloqalar fani yoshlarni turli xavflardan himoya qiladi, degan."Yoshlarga jinsiy aloqalar haqida taʼlim berish juda ham muhim, bugun qabul qilingan oʻzgarishlar esa bizni ushbu maqsadga yanada yaqinlashtiradi".Angliya Cherkovining taʼlim boʻyicha yetakchi yepiskopi Stefen Konvey jinsiy aloqalar fanini qoʻllab-quvvatlashini bildirgan."Hatto boshlangʻich maktab oʻquvchilari ham xato tufayli onlayn pornografiyani koʻrib qolishdan, seksting qurboniga aylanishdan kafolatlanmagan bir davrda biz shunchaki tomoshabin boʻlib qarab turolmaymiz. Biz bu yovuzlikni koʻra bilishimiz va unga qarshi turishimiz kerak", - degan u.
FojiaMaktablarda xavfsizlik kampaniyasi ushbu oʻzgarishlarni "fojia" deya talqin qilgan."Ota-onalar farzandlarini boshlangʻich maktablarda oʻqitilayotgan jinsiy faollik taqdimotidan himoya qilishga ojizlik qilishmoqda. Hukumat bolalarni ota-onalari amalga oshirishi mumkin boʻlgan yoʻl bilan himoya qilolmaydi. Ushbu dastur ota-onalarga bolalaringga jinsiy aloqadan saboq berolmaysizlar, demoqchi boʻlayapti", - degan kampaniya milliy koordinatori Antoniya Tolli.Taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilingan dastur jinsiy aloqalar fanini barcha maktablarga majburiy qilish kerak deya deputatlar, nodavlat tashkilotlari va mahalliy rasmiylar ishtirokida oʻtkazilgan keng miqyosli kampaniya ortidan qabul qilindi.Aloqador mavzular:Jinsiy tarbiyani qachon boshlagan ma'qul?"Britaniya: bolalarga jinsiy tarbiyani 11 yoshdan o'rgating!"An'anaviy o'zbek jamiyatida jinsiy tarbiya qanday olib borilishi kerak?BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbekInstagram - BBC UZBEKTwitter - BBC UZBEKOdnoklassniki - BBC UZBEKFacebook - BBC UZBEKGoogle+ - BBC UZBEKYouTube - BBCUZBEK ( https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)Skype - uzbekbbclondonbbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring http://www.bbc.com/uzbek/lotin-39154091
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4