Buning sabablari bir necha bo'lishi mumkin: kompyuterning boshqa jamlovchi qismlari videokartaning imkoniyatlarini to'la ochib berishga imkon bermaydi. Aynan mana shu-ning uchun videokartani kuchaytirishdan avval bo'lajak yangi videoadapterni to'la ishga solishga hozirda foydalanayotgan prosessorning imkoniyati yetishini puxta o'ylab olish kerak. Zamonaviy videoo'yinlar uchun to'g'ri moslashtirilgan odatiy konfiguratsiyalar berish uchun geymerlar sistemalarini shartli ravishda to'rt toifaga ajratish mumkin:
Quyi narxli sistemalar - bu prosessorlar va videokartalar ma'naviy eskirib borishi bilan ba'zida kichik apgreydlarni amalga oshiruvchi foydalanuvchilar uchun mos. Ushbu toifa foydalanuvchilari ko'pincha zamonaviy o'yinlarni past zichliklarda o'ynaydilar, videografika bo'sh sozlashlaridan foydalanadilar va videokartalarni ikki yilda bir marta almashtirishlari mumkin. O'rta narxli sistemalar - so'nggi yangiliklarga ega bo'lishga harakat qiluvchi, biroq o'rtacha narxli kartalarni tanlovchi foydalanuvchilar uchun mos keladi. Ushbu yuzerlar videoadapterlarni bir yilda bir marta almashtirishlari mumkin. Yuqori narxli sistemalar - so'nggi o'yinlar grafikasidan huzur olishni xohlovchi, ko'pincha har yarim yilda qimmatbaho videokartani sotib olishga tayyor geymerlarga to'g'ri keladi. Oliy narx sistemalar - ishlab chiqaruvchilar taklif etadigan SLI va Crossfire kabi eng so'nggi zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan eng kuchli o'yinlar uchun mo'ljallangan.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев