Uning otasi Uilyam II – advokat, onasi Meri Geyts esa Vashington Universiteti o`qituvchisi va United Way International hayriya tashkiloti raisi bo`lib ishlar edi.
Bill dastlab munitsipial maktabda, keyinchalik Lakeside school hususiy maktabida ta`lim oldi. U aynan shu yerda, 13-yoshligida dasturlashga qiziqishi ortib bordi. Kollejda o`qib yurgan chog`larida Traf-o-Date kompaniyasiga asos soldi. Kompaniyada uning sinfdoshlari mehnat qilishib, ular mahalliy hokimiyat rahbarlari uchun dasturlar yaratish bilan shug`ullanishgan.15 yoshida Bill ko`cha harakatini boshqarish dasturini yozib, 20000 dollarni qo`lga kiritdi. 17 yoshida esa unga Bonnevil elektrostansiyasi energiyasini taqsimlashning dasturini yozish taklifi tushadi.
Oilaviy an`anaga sodiq qolgan Bill ham 1973-yilda advokat bo`lish uchun Garvard Universitetiga o`qishga kiradi. 1974-yilning dekabr oyida Geyts narxi 397 dollar bo`lgan computer quradi. Bu komputerga faqatgina dasturiy ta`minot yetishmas edi. Bill va uning do`sti Alen M.I.T.S firmasi hodimlariga Altair 8800 komputerlarini dasturlar bilan ta`minlash taklifi bilan chiqadilar. Firma bu ikki do`stga ishonch bildiradi. O`z navbatida ular ham ishonchni o`qlashadi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1