Предыдущая публикация
Garchi ochiq ko'z -
Bilib bosdim o'sha tikkanni...
Bilib sevdim sizdek...
Ming afsus...
Sevgim qadrin bilmaydiganni...
Ha, bilardim...
Sevgimiz armon -
Taqdirimiz o'zgaga nasib.
Mening qismat - achchiq pushaymon,
Azoblarga bo'lmoq munosib...
Sizdan ravo hijron nafasi,
O'z holimga o'zim kulardim.
Ayon edi barcha-barchasi,
Kulib turib ado bo'lardim...
Haqsiz edim...
Qaray olmasdim -
To'ymas edim diydoringizga.
Menga qolsa...
Rozi bo'lmasdim,
Duch kelgani ozoringizga...
Xato qildim,
Menda qaro yuz,
Endi BAXT ham qaro ekanmi?
Bila turib sevdimmi...
Afsus,
Sizdek...
Meni SEVMAYDIGANNI...?
Bilib bosdim o'sha tikanni...
Xato qildim...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1