Kunlarning birida unga notanish raqamdan telefon bo'ldi: "Allo, Kim bu?" "Salom..." Shunaqanggi yoqimli, ma'yus va biroz hayojonli tovush eshitildi. Botir: "Salom, eshitaman..." Shu tariqa Botir b-n Madina o'rtasida telefon orqali özaro suhbatlar boshlandi. Har kuni Madina Botirga tel qilar, uni ertalablari uyg'otar va har kungi kundan sevinib yashashi kerakligini aytib o'tardi. Har gal Madina Botirga telefon qilganida undan qandaydir bir mehrni, daldani kutardi. Botir buni sezib turardi. U qizga istaganini berishga harakat qilardi. Shu tariqa oradan 3 oy o'tdi. Ular bir- birlariga shundayin bog'lanib qolishdiki, har kuni bir-birlarini tinglamasa bo'lmas edi. Lekin ular shu paytgacha biror marta uchrashishmadi. Bir kuni peshinga yaqin Botirga tel bo'ldi: "Allo Botir, sizdan uzr so'rayman. Ishonasizmi sizga bir haqiqatni aytmaganim uchun qanchalik qiynalyapman... Uzr so'rayman. Men kasalman... Ha men kasalman... Ösha kuni doktorlardan hayotim tugab borayotganligini bilganimdan keyin qo'limga telni oldim va beixtiyor raqamlarni terdim. Tel ni siz kötardingiz, so'ng esa... Buyog'i sizga ayon. Lekin men sizni sevib qoldim. Siz tufayli 3 oy hayotim shu qadar chiroyli ötdiki... Bu uchun sizdan kechirim so'rayman biroq yurakka buyruq bera olmadim. Bugun men operatsiyaga kiraman. Ehtimol tirik chiqmasligim ham munkin. Sababi yuragim ko'tara olmas ekan. Lekin boshqa ilojim yo'q. Yana 2 kundan keyin hayotim tugaydi. Agar men sizga 3 soatdan keyin tel qilsam demak biz birgamiz yoki aksincha... ." Yig'i aralash tel uzildi. Botirning yuragi töxtab qolgandek böldi. Vaqt o'tmasdi. 3 soat o'tishi Botir uchun 3 yilday o'tdi. Keyin tel jiringladi, Botir hayojon ila telni ko'tardi. "Madina..." deya bir begona ayolning yig'i aralash ovozi eshitildi va teldan qisqa gudok tovushlari eshitildi. Sönggi gudok tovushlari Botirni batamom karaxt holga keltirib qo'ydi...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 14
lekin zör klassss