Ismim Nodira oilaliman. 3 og ‘il
farzandim bor. Erim g‘amxo‘r,
qaynonamdan alohida
yashaymiz. Tashqaridan
qaraganda juda baxtliman.
Lekin, armonim bor, ilk
muhabbatimga sevishimni ayta
olmaganman…
Dadamning aytishlariga
qaraganda, oyijonim meni
dunyoga keltirib olamdan
o‘tgan ekanlar.
Akam va meni tarbiyam uchun
oyimning vafotlaridan bir yil
o‘tib dadam uylanibdilar-u
lekin, o‘gay onam bizga yaxshi
qaramaganliklari uchun
ajrashibdilar. Dadam sal vaqt
o‘tib, bir bolasi va eri
avtahalokatga uchrab, faqat o‘zi
tirik qolgan Maxliyo degan
ayolni enagalikka ishga
yollabdilar.
Dadam yaxshi bir lavozimda
ishlaydilar. Hayotda og‘ir,bosiq
insonlar.
Men ulg‘aydim. Dadam va
Mahliyo xolam menga onam
o‘rnini bildirmaslikka harakat
qilishdi.
Dadamning haydovchisi
bo’lardi, ismlari Bobur aka.
O‘g‘illari men bilan teng, ismi
Nurbek edi. Biz bir sinfga
borardik, Bobur aka bizni
maktabga birga olib borib,
birga olib qaytardilar.
Nurbek menga juda mehribon
edi. Ulg‘aydik. Chiroyli
bo‘lganligim uchun oshiqlarim
ko‘p edi. Lekin, Nurbek meni
ximoya qilardi. Nurbekga
nisbatan qalbimda nimadir his
qilardim… U ham menga befarq
emasdi-yu lekin, aytmasdi.
Kunlar shu zaylda o‘tardi.
Litseyni bitirib oliy o‘quvga
tayyorlanardim. Bir kuni dadam
va men televizorda “Telba”
filmini ko‘rib o‘tirgandik.
Hayolimga kelgan fikrdan
quvonib ketdim. Kinoni ko‘rib
bo‘lganimizdan so‘ng:
–Dadajon kino yoqdimi? – deb
so‘radim.
–Yoqdi qizim – deb javob
qaytardilar.
–Robiya g‘alati qiz ekan, kelib-
kelib xonimchini yaxshi
ko‘radimi? – dedim.
–Ex, qizim-a hali yoshsanda.
Odam qanaqa kasb egasi
bo‘lishidan qat’iy nazar, buyuk
qalb sohibi bo‘lsin. Odam
sevgani bilan bo‘lsagina baxtli
bo‘ladi. Boylik o‘tkinchi –
dedilar.
–Demak, sizga boylik yoki
kambag‘alikni axamiyati yo‘q
ekanda?
Mendagi o‘zgarishdan dadam
sirli kuldilar. Uyalib
ketganimdan baxona qilib,
oshxonaga o‘tib ketdim.
Qanchalar baxtliman, dadam
qarshi bo‘lmaydilar… Lekin,
Nurbek menga bir bora ham
sevaman demagan. Men
qanday aytaman… Ha topdim,
sal bildiraman; bugungi dadam
bilann bo‘lgan voqeani aytib
beraman…
Ertangi kun o‘qishga
borganimizda Nurbekga
aytdim. Lekin, uning gapi
hayratga soldi:
–Dadang yaxshi hayotni
ko‘rgan odamda… Domla
bergan masalani yechdingmi?
Shunday desada, lekin g‘amxo‘r
edi. Sevishini bilardim. Uni dil
izhorini kutardim.
Oliy o‘quv yurtiga hujjat
topshirar vaqtimiz Nurbek
topshirmadi. Oilasida uch
singlisi bo‘lganligi uchun:
–Dadamni ishlagani nima
bo‘ladi, men Rossiyaga borib
ishlab kelaman, keyin o‘qishga
kiraman, dedi.
Kutasanmi? Qo‘ng‘iroq qilasan-
a?
Yuragim hapqirib ketdi:
–Ha kutaman, dedim.
U ketdi… Men o‘qishga kirdim.
Uni kutdim. Uch yilga ketgandi.
Menga sovchilar kelib
charchamasdi. Lekin, men
hammasini rad etardim.
O‘qishimizda bir olifta Zohid
degan bola bor edi:
–Nodira, iltimos meni rad etma,
boylging kerak emas, seni
sevaman…
–Tinch qo‘ying, meni yigitim
bor, derdim har safar.
U bo‘lsa:
–Aldama, ikki yildan beri
ortingdan yuraman, bo‘ldi
yetar, seni baribir o‘zimniki
qilaman…
Shunday vaqtda Nurbekning
yo‘qligi bilinardi. Kelishiga yana
bir yil qolgandi. Ikki yil ichida
telefonda gaplashib turardik,
uyiga pul jo‘natardi.
Bir safar tel qilganida, u yerda
uylanganini, baxtli ekanligini
aytib, suyunchi oldi.
Nahot sevganimni sezmagan
bo‘lsa, rosa alam qildi…
Afsus, bu oxirgi gaplashishimiz
ekan… Jaxl ustida ortimdan
yurgan Zohid bilan kechki
ovqatni birga yeyish uchun
rozlik berib yubordim.
Keyin, afsuslandim-u lekin, kech
edi…
Dadam ish bilan safarga
ketgandilar, akam boshqa
viloyatda o‘qirdi.
Dugonamnikiga boraman deb,
Maxliyo xolamni aldadim.
Zohid bilan kechki ovqtani
yedik. Keyin, mashinasida
uyimga kuzatib qo‘ymoqchi edi,
telefoni jiringlab qoldi:
–Alo, ha eshitaman?
– …
–Nima? Hozir yetib boraman? –
deb baqirib yubordi.
–Tinchlikmi? – dedim
xavotirlanib.
–Yo‘q, oyimni og‘irlashib
qolibdilar – dedi.
Men indamadim. Birga
ularnikiga bordik:
–Yur Nodira, tez kir, oyim
yolg‘iz – deya, tez kirib ketdi.
Orqasidan men ham kirdim.
Eshikni ochdi. Shubhalana
boshladim-u lekin, oyisining
betobligi hayolimdan
chiqmasdi:
–Kir, dedi.
Kirib, asta mehmonxonaga
o‘tdim. Niyatini tushundim-u
tezda orqamga qaradim. Zohid
kulib turardi:
–Bu nima qilganingiz? Qo‘yib
yuboring, ketaman! – deb
baqirdim.
–Bilaman bu xato, lekin meni
kechir, iltimos. Seni sevaman.
Boshqa yo‘lini topa olmadim.
Bugun meniki bo‘lasan…
Afsus… Sevganimga, o‘zimga,
sha’nimga, oilamga xiyonat
qildim…
Zohid meni aldamadi, tez orada
sovchilari keldi, to‘yimiz
belgillandi. To‘y bo‘ldi… Hamma
bir ko‘rishda oshiq bo‘ladigan
ko‘zimga bir umrga mung
tushdi.
Bir kuni uyga borsam, dadam
do‘ppilarida endi ketmoqchi
bo‘lib turgan ekanlar:
–Tinchlikmi dada? – desam.
–Qizim tinchlikmas… Bobur
akangni o‘g‘li Nurbek
Rossiyadan kelganiga bir oy
ham bo‘lmasdan, olamdan
o‘tdi. Yuragi kasal ekan…
Hushimdan ketib qoldim…
Nurbeklarnikiga borganimda,
uni so‘ngi yo‘lga kuzatib
bo‘lishgan ekan…
Ikkinchi singlisi oldimga kelib,
quchoqlab oldi, yig‘i aralash
pichirlab gapirardi:
–Opajon, akam sizni sevardi.
Rossiyadan qaytganidan keyin
aytmoqchi bo‘lgan ekan. Lekin,
u yerdagi og‘ir mehnat
yuragiga og‘irlik qilib, kasal
bilib qolibdi. Ozgina ishlay
ketaman, deb yuraveribdi.
Tuzalmasligini bilib, uylandim,
deb sizni aldabdi. Buni
kelganidan keyin, o‘limi oldidan
aytdi…
Ko‘z yoshlarimni to‘xtata
olmasdim…
Oradan oylar o‘tib o‘g‘lim
tug‘ildi. Ismini unga atab
Nurbek qo‘ydik..
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3