Sevging Buyuk Qudrati...
Sevilish boy bo'lishdan ham
afzalroq, chunki suyukli bo'lish
baxtli bo'lishdir.Sevgi bu
yashamoqlik istagidir Sevgi
barcha tuyg'ular ichidagi eng
qudratlisidir, shuning uchun
ham u aqlu xayolni, qalb va
vujudni egallab oladi. Chin
muhabbat me'yor va chegarani
bilmaydi. Sevgi odamlarni kuch-
qudrat tuyg'usi bilan boyitishi
kerak va boyitadi ham Sevgi
manman yuraklarni ham
bo'ysuntiradi, dimog'dorlarni
shavqatga o'rgatadi, ammo
uning asosiy xususiyati nimaiki
bor, barini nafosatga o'rab,
yuksaklarga ko'taradi Chinakam
sevish o'zi haqida o'ylashni
unutishdir Muhabbat odamni
tanimaydigan darajada
o'zgartirib yuborishi mumkin
Eng aqlli erkak sevgan paytida
ahmoqqa aylanadi; eng
yengiltak qiz esa sevsa oqila
bo'lib qoladi. Hech nima erkak
qalbini sevilganlik tuyg'usidek
kuchli rom etib,
yumshatolmaydi. Faqat sevgan
kishigina inson degan nomga
munosibdir Sevgi har qanday
qismatga ham zarba beradi.
Sevgi tuyg'ularimizning eng
musaffosidir Hurmatning
chegarasi bor, sevgi esa
chegarasiz. Sevgi qizamiqqa
o'xshaydi: qancha kech
qo'zg'аlsa, shuncha xavfli.
Sevgisiz odam odam emas.
Sevgisi yo'q odamlar buzilgan
odamlardir. Qo'rqoq sevgi izhor
qilolmaydi, bu mard kishining
ishi. Sevgi oldida o'lim dahshati
va zulmati hechdir. Yolg'iz odam
faqat soyadan iboratdir, kimniki
hech kim sevmasa, u hamma
joyda va hamma davrada yakka-
yolg'izdir. Sevgi o'limni yo'q
qiladi va uni quruq sharpaga
aylantiradi, u ma'nosiz hayotga
ma'no bag'ishlaydi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1