Qizga yigit yoqmasdi. uning fe'l
atvori yoqmasdi. O'zi yoqmasdi.
Uning ortidan ko'p yuridi yigit. U
uchun ko'p narsalar qildi. Uning
uchun ko'p narsalardan voz
kechdi yigit, lekin qizda iliqlik
sezmadi. yigit shoir tabiat edi.
Dunyoni qushlarni, gullarni, oy-
quyoshi sevardi yigit. uni ham
sevardi.
-Menga bunaqa, ko'rgandayoq
yuzimga she'r to'qiydigan
kerakmas. Otam zamondan qolib
ketgan xatlarni yozib boshimni
og'ritmasin! Yigitdan kelgan
xatga va xatni olib kelgan
elchiga shunday dedi qiz.
Keyingi safar qizning dugonasini
ishga soldi yigit, Ammo bu ham
hech qanday natija bermadi.
-Menga so'zlaridan ko'zlaridan
o't chaqnaydigan yigit kerak.
yonimga kelishga botinolmay,
qator qator elchilarni
yuboradigani kerak emas.
Shunday yigit bo'lsinki, meni
tilim lol bo'lsin, unikki emas.
gulim lolam degan o't o'lanlar
nomi bilanmas ismim bilan
chaqirsin. Chaqirsinki o'sha
ondayoq qarshisida hozir bo'lay,
Ovozidan yuragimgacha titrab
ketay.
Bu gaplardan keyin yigit unga
bowqa elchi yubormadi. shu
gaplar unga hayot sabog'ini
berdi.
***
-Nargiza!!!
Darvoza daranglab ochilib,
ismoni eshitgandayoq Nargizani
oyoq qo'li boshashib yuragi
portilab qoldi. "Yana
ichibdilarda" hayolidan shu o'y
o'tiyu yugurgancha hovliga
chiqdi.
Ana eri! o'zi orzu qilgan
gapirganda so'zidan o't
chaqnaydigan, chaqirganda
ovozi yuragigacha titratadigan
eri. oyog'ida zo'rg'a turibdi,
hozir yana hammasi
takrorlanadi. Bir shapaloq bilan
qutulsa mayli edi, lekin eri
holdan toyguncha uradida.
Nargiza katta bo'lib qolgan
qizlarining yonida uyaladi, o'g'li
hali kichkina bu narsalarga aqli
yetmaydi.
Janjallarning boisi o'g'lim yo'q
edi. Ikkita qizi bor. Boshida Jamol
akasi bilan yaxshi yashashdi.
Yaxshi deb ham bo'lmasdi. Bu
kunlar bilan qiyoslaganda u
kunlar oltinga teng edi. shirin
so'zlar ewitmasada har holda
urush- janjalsiz kunlar edi...
ikkinchi qizi tug'ilgandan keyin
eri ichishga mukkasidan ketdi.
Menga o'g'il kerak deb to'palon
qiladigan odat chiqardi. Ko'zinig
tagidagi ko'kimtir ranglar
ketmasdan yana yangisi
bosilardi. Nihoyat o'g'illi
bo'lishdi, lekin Jamol ichishni
tashlamadi battar avj oldi. Oxirgi
paytlarda o'sha shoirtabiat
yigitni ko'p o'ylaydigan bo'p
qolgan. 'Balki uning sevgisini,
tuyg'usini uvol qilganim uchun
taqdir menga shuni ravo
ko'rgandir" - deb o'ylaydi o'ziga
o'zi. O'sha o'ziga yoqmagam
yoqmaganini hammaga oshkora
aytgan yigit oldida o'zini bir
siqim his qiladi . Ayol bo'lib
eridan bir shirin so'z
eshitmaganini o'ylab xo'rligi
keladi. Bolalari dadasidan
zirilaydi erkalanib bo'yniga
osilishilmaydi. Shularni o'ylab
yuragi siqildi talabalik davrlarimi
eslab surtlari, kitoblari turgan
javonni ochdi. Suratlarda o'zini
ko'rib yig'lab yubordi. Hozir u
nargizdan asar xam qolmagan.
yuzlariga g'am soyasini
tashlagan ajinlarni sanog'i yo'q.
suratlarni ko'rarkan, orasidan
kichkina kitob chiqdi. Kitob
qanday qilib bu yerga kelganini
eslolmadi. Lekin bu kitobni o'sha
shoirtabiat yigit berganini esladi.
Ochdi. Muqovasida tanish
shoirning she'ri o'z qo'llari bilan
yozilgandi.
GULIM MEHR KO'ZDA DEGANI
YOLG'ON
MENING DILIMDAGI O'CHMAS
YOLQINSIZ
QANCHA KO'RISHMASAK SHUNCHA
QADRDON,
QANCHA OLIS BO'LSAK SHUNCHA
YAQINSIZ.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1