xalqlarning qadimiy bayramlaridan biridir. Bu
bayram 21-mart kuni nishonlanb, aynan kun va
tun teng bo'lgan paytga mos keladi. Tarixiy
manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga
koʻra, Navroʻzning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan „ zardushtiylik“ning paydo
boʻlishigacha davom etgan asrlarni oʻz ichiga
olgan ekan. Navro'z so'zi fors-tojik tilidan olingan
bo'lib «Yangi kun» degan ma'noni bildiradi.
Qadim-qadimdan Navroʻz xolis niyatli
kishilarning sevimli ayyomi boʻlib kelgan. Oʻsha kunlarda hatto urush-janjallar ham toʻxtalgan,
gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el
ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan,
ayrim mahbuslarning gunohidan oʻtishgan.
Bahor va yangi ayyom har bir yurakdan muhim joy
olgan quvonchli damlarda koʻpchilikning „Navroʻz qaerda va qachon paydo boʻlgan
ekan?“ — degan savoliga „Saodat“ jurnalida
eʼlon qilingan „Onaqutining saxovati“
maqolasida bunga asosli javob berilgan. Unda
jumladan: «Dunyoga ilk alifboni bergan buyuk
allomalarning vatani boʻlgan, dunyoviy fanlarga asos solgan Xorazm yurti qadimda, hatto
eramizdan avvalgi minginchi yillarda Xvayrazam
deb atalgan.
Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va
etnografik izlanishlar Navroʻz bayrami ilk bor
xuddi shu zaminda Niso (yaʼni, ayol shahri poytaxti boʻlmish Parfiyona) grek va Ovrupa
faylasuflari asarlarida Parfiyada nishonlanganini
ashyoviy topilmalar tasdiqladi. Bunga Burgut
qal’a, Jomboq qal’a va Niso qoʻrgʻonlarida
bunyod qilingan va shu kunlargacha saqlanib
qolgan „olov uy“lari yaqqol misol boʻla oladi. Burgut qal’a markazida moviy gumbazli maqbara
boʻlgan. Maqbara mehrobida Onaqutining
koʻtarilgan qoʻlida Zumrad tosh boʻlgan.
Bahorgi teng kunlikda-shamsiy hisob bilan hamal
oyining birinchi kuni, hozirgi taqvimimiz boʻyicha
22-martda maqbara gumbazidagi tuynukdan quyosh nuri Onaquti qoʻlidagi Zumrad toshiga
tushib, sumalak pishirish uchun tayyor turgan
qozonning oʻtxonasiga oʻt yoqqan», deyilgan.
Firdavsiyniig „Shohnoma“sida yangi yil bayrami
shoh Jamshid nomi bilan bogʻlanadi. Jumladan,
Jamshid yurtga yaxshilik qilish maqsadida odamlarga kasb oʻrgatadi, temir eritib qurol
yasatadi, ip yigirtirib kiyim toʻqitadi, imoratlar
barpo qiladi, tabiblik sirlarini ochadi, kema
yasaydi, bogʻ bunyod qiladi. Nihoyat, „ishlari
gurkirab berganda meva“ bir kuni taxt yasatib,
unda osmonga koʻtariladi. Ushbu afsonaga koʻra xuddi shu kuni Navroʻz nishonlangan. Alisher
Navoiy „Tarixi mulki ajam“ („Ajam shohlari tarixi“)
asarida Jamshidning buyuk kashfiyotlari soʻngida
ulugʻ Navroʻz ixtiro qilinganligini bayon qiladi.
Navoiy yozishicha: «Jamshid „Chihil minor“ nomli
odamzod koʻrmagan va aql bovar qilmaydigan baland bino qurib… „bu imorat tugandi, olam
salomin va ashrov va ahbarin yigʻib, anda azim
jashn qildi. Ul vaqtkim, quyosh nuqta eʼtiqodli
rabiygʻa taqvil qilib erdi ul binoda taxt ustiga
oʻltirib, adolat sayt va sadosin olamgʻa
muntashir qildi va ul kunining otin navroʻz qoʻydi“. Darhaqiqat, Navroʻzning qachon va
qanday vujudga kelganligini aniq koʻrsatish qiyin
boʻlsa-da, shuni aytish mumkinki, bu bayram
dono kishilar tomonidan kashf qilingan. Chunki
Navroʻzning dunyoga kelishi chuqur ilmiy
asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, yaʼni Quyoshning hamal burjiga kirishi, tun va kunning
tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi,
tabiatda jonlanishning boshlanishi bilan bogʻliq
boʻlgan. Bu esa (har qanday jamiyatda) yil boshi
qachon kelishidan qatʼi nazar navroʻzni
uygʻonish bayrami sifatida nishonlash uchun asos boʻlgan. Bundan tashqari, Navroʻzning
chuqur ildizlariga murojaat qilsak, u eng qadimiy
davrlarda — ibtidoiy odamlarning dehkonchilikka
oʻtganidan soʻng dalalarda yangi ish mavsumi
boshlanishidan oldin oʻtkazilgan bahor
bayramlariga borib taqaladi. Navro`z qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan muxtasham
qadriyatlarimizdan biri, baynalminal bayramdir.
Uning tarkibiga, qadimgi ota-bobolarimizning
mifologik tassavurlaridan tortib bugungi
zamondoshlarimizning qarashlarigacha bo`lgan
ma'naviyat olami singib ketgan bo`lib, u insoniyat madaniy taraqqiyotining qar bir yutuqidan doimo
kuch va quvvat olib turadi. Sharq xalqlarining eng
xayotbaxsh va qadimiy bayrami Navro`zning
qachon paydo bo`lgani xususida turli muloxazalar
bildirilgan. Atoqli olim Xodi Zarif Navro`zi
olamning yoshini kamida uch ming yil, xatto undan ham kattaroqdir deb xisoblaganida to`la
xaqli edi. Zero, X asr Buxorolik olimi Narshaxiy,
dexqonlarning navro`zda aytiladigan Siyovush
nomi bilan bog`liq qo`shiqlari xaqida gapirib, „Bu
gaplar bo`lib o`tganiga hozir uch ming yildan
ko`proq vaqt o`tdi“,- deb yozadi. Bahor va mehnat bayramining paydo bo`lishi haqidagi
tarixiy ma'lumotlar davrlar o`tishi bilan turli
o`zgarishlarga uchrab, shu kunlargacha yetib
kelgan. Ana shunday afsonalarning aksariyati
Navro`zi olamning vujudga kelishini afsonaviy
Jamshid bilan bog`laydi. Navro`z haqidagi qadimgi afsonalarda esa bu umumxalq
bayramining paydo bo`lishi ajdodlarimizning
bahor fasli va ko'klamgi dala ishlarining
boshlanishiga aloqador udumlariga bog`lanadi.
Navro`z 21 martdan 22 martga o`tar kechasi
„Qozon to`la“ udumi bilan boshlanadi. Shu oqshomda kechasi bilan ko`pchilik bo`lib
sumalak va xalim ham pishirilgan. Bu taomlar
qozoni ertasiga ochilgan. Navro`z „qozon
to`ladigan“, ya'ni qut baraka tantana qiladigan
xalq bayramidir. Navro`zda qozon-qozon
sumalaklar qaynashi — to`kin — sochinlik, dalalar serxosilligi, mevaga to`la bog`lar
saxovatidan dalolat beradi. Ulus kuni, ya'ni
navro`zga bag`ishlangan qozoq xalq
qo`shiqlaridan birida: Ulus kuni qozon to`lsa, Yil
bo`yi sut mo`l bo`lar, Ulug`lardan olqish olsang,
U yil o`ljang mo`l bo`lar! Navro`z bayrami, sumalak tantanasi, boychechak, lola sayli bilan
bog`liq fol'klor materiallari — xalq qo`shiqlari,
e'tiqodlari, bolalar o`yinlari, afsona va rivoyatlari,
marosim va udumlarini to`plab, alohida majmua
holida nashr ettirish navro`zning qadimiy
udumlarini saqlab qolishda katta amaliy axamiyatga ega bo`ladi. Xalqimiz orasida navro`z
bilan bog`liq qadimiy qo`shiqlarni, e'tiqod va
udumlarni biladigan zukko odamlar ko`p.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев