Yig’laydi yurakning tubida armon.
Seni qo’msab ado bo’ldim,
ishongin,
Abadiy ayrilmoq, oh, yomon,
ishon!
>>>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<<
Seni sevaman deb aytmagandim
hech,
Qalbimda yashardi cheksiz
muhabbat.
Uni izhor qilmoq, afsus, endi
kech,
O’ksib-o’ksib yig’lar, essiz,
muhabbat.
>>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<<
Ketolmaydi sira ko’zim o’ngidan,
Beg’ubor ko’zlaring, alpdek
qomating.
Ishonmayman aslo,
ishonolmayman,
Аllohga yolvorib bitdi toqatim.
>>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<<
O’zgalardek yonib-kuydim,
demadim,
Hamroh edi hamon mislsiz sabr.
Yaratgandan menga ato etgani
Shu bo’ldi – yagona cho’qqaygan
qabr.
>>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<<
Abadiy yurakda yashaysan o’zing,
Olovli yoshlikdan hotira bo’lib.
Mangu seni eslab she`rlar
bitaman,
Qalbi yaralangan shoira bo’lib.
>>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<<
Endi qaytmas aslo qalbimga
bahor,
Qaytmas endi dilga shu aziz
tuyg’u.
Muhabbatimni ham kо’mdim
tuproqqa,
Endi sevolmayman o’zgani
mangu…
>>>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев