uzoq jiringladi. Kechasi bilan
uxlamasdan odnoklassnikida
o'tirganim uchun közimni
ochishga erinib, uxlashda davom
etdim. Lekin telefon qayta-
qaytabezovtalanaverardi.
Uyqisirab telefon ekraniga
qaradim, eng yaqindo'stim -
Shahruz. Göshakni ko'tarib javob
berdim:"Allo, qalaysan?" Jimlik. U
javob bermasdi. "Allo, Shahruz,
tinchlikmi? Allo!" Yana jimlik. U
mening eng qadrli do'stim
bo'lganligi uchun xavotir ola
boshladim. "Allo.. allo ..." Uzoq
jimlikdan keyin uning
qayerdasan og'ayni, degan
ovozini eshitdim. "Uydaman,
tinchmisan? Nima gap?" "Ha,
tinchlik. Hozir ko'chaga chiqa
olasanmi?" "Ha, albatta qayerga
borishim kerak?" Uyimdan 150
km uzoqlikdagi adressni berdi.
"Men shu yerdaman, kelolsang
kel, kutaman",- dedi. Bosh qotdi,
uning ovozi boshqacha eshitildi.
Nimadir bölganinini könglim
sezardi. Dadamning mashinasini
olib qochishga to'g'ri keldi. Garaj
darvozasini ochdim, mashinani
xolostoy qilib ko'chamizning
boshigacha itarib bordim. O'sha
yerda o't oldirdim va aytilgan
manzilga yo'l oldim. Roppa-rosa
bir yarim soatlarda aytilgan
joyga bordim. Lekin u yerda
Shahruz yo'q edi. Uning
mashinasini ta'mirlab
bo'lmaydigan darajada
pachoqlanib ketgan holda ko'rib
qo'rqib ketdim va unga
qöng'iroq qila boshladim.
Telefonga javob bermasdi.
Qayta-qayta telefon qildim.
Özimni koyirdim. Tongda
telefonni vaqtliroq
kötarmaganim uchun. U javob
bermasdi. Nima qilishni bilmay
qolgandim. "Sog'mikan? Menga
telefon qildiku! Biror
kasalxonada bölsa kerak",- deb
öylardim. Nihoyat akasiga
telefon qilishga qaror qildim:
"Aka tinchmisiz? Shahruz
qayerda? Nega jimsiz? Allo... allo
javob bering..." Yig'i ovozi
eshitildi: "Shahruzning umri
qisqa ekan, uni topshirib
qo'ydik..."Nima???!!! Telefonim
qölimdan tushib ketib sochilib
ketdi. Butun vujudimni titroq
bosdi. Yuragim tez urib,
tomog'imga achchiq bir nima
tiqildi. Közimga yosh quyilib
kelardi. "Bo'lishi mumkinmas! U
nega menikasalxonagamas, bu
yerga chaqirdi? Nega yoniga
chaqirmadi? Nega?" Keyin darhol
telefonimni yig'ib oldim, har
tugul yondi. Smskelgan ekan,
ochdim: "Do'stim, seni juda juda
yaxshi ko'raman,senga
omonatim bor, mashinani
bardachokini qara, uni asrab qöy,
uzr, shunaqa bo'lib qoldi,meni
unutma..." Dodlavordim:
"Yo'o'o'o'q!!!" Tel ni endi özim
yerga urib chil-chil qildim.
Mashinasining yonigaborib
bardachokni ochdim va yana
yig'ladim: suratlar...
Ikkalamizning maktab
davrimizda tushgan rasmlarimiz.
Yana tilla tross (uni tug'ilgan
kuniga men sovg'a qilgandim).
Ortga qanday qaytdim,
bilmayman. Do'stimni sönggi bor
quchdim. Faqat endi u jonsiz edi...
Akasi umrining so'nggi
daqiqalarida ham qo'lidagi
telefonini mahkam ushlab
olganligi haqida aytib berdi.
Shahruz, og'ayni seni hech
qachon unutmayman. Ohirating
obod bölsin!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев