Mendan kundan kunga
uzoqlashib boryapsan! Balki buni
sabablari bordir, balki men sen
kutgan baxtni, e’tiborni bera
olmayotgandirman, balki meni
emas o’zga insonni ko’rganingda
yuraging urib, qinidan chiqqudek
bo’lar!!! Balki men bermagan
baxtni o’zgalardan
olayotgandirsan, balki uning
va’dalari menikidan ko’ra ko’proq
va yoqimliroqdir!!! Mayli agar
men bilan baxtli bo’la
olmasligingga ishonching komil
bo’lsa, o’sha baxtiyor inson bilan
baxtli bo’lgin!!! Ketar bo’lsang
ham orqaga o’girilmasdan ketgin,
chunki seni ortingdan qarab
qolgan yosh to’la ko’zlarimni
ko’rishingni xoxlamayman!!!
Mayli tunlarimni bedor o’tkazsam
ham, yurak bag’rim tilka- pora
bo’lsa ham, umidsizlik ummoniga
cho’ksam ham seni unutaman!!
Sendan esa so’nggi iltimosim esa
MENI HECH QACHON ESLAMA,XATTO
BU DUNYODA BORLIGIMNI HAM
UNUT!!! O’shanda senga ham,
ularga ham, menga ham yashash
osonlashadi!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2