o`tib ketayotsa, ingichka ovozi
bilan odamlardan sadaqa
so`rayotgan kichkina,
nimjongina qizchaga ko`zi
tushibdi. Qizaloqning abgor ahvolidan
ko`ngli buzilibdi- yu,
darrov cho`ntagiga qo`l suqib,
yonida borini unga berib
yubormoqni niyat qilibdi. Shu
zahoti shaytonning ovozi
eshitilibdi: «Sen bu pullarni osonlikcha
topibsanmi! Butun
mol- dunyoingni sadaqa qilib
yuborsang ham, bunaqa
tilanchilarning hammasiga
yordam berolmaysan.
Qo`yaver, Xudo buning peshonasiga
shunaqa taqdir
bitgan!». Yigit qizchaga ko`p
qatori arzimagan bir necha
chaqa beribdi- yu, yo`lida
davom etibdi. Kechqurun oilasi
bilan to`kin dasturxon atrofida o`tirganida,
«uni emayman,
buni emayman», deya tansiq
eguliklarni rad etayotgan
erkatoy qizchasining lo`ppi
yuzlariga, tiqmachoqdek
bilaklariga boqar ekan, egni yupunligidan
diydirab, sovuq
qotgan, ozg`in qo`llarini
odamlarga cho`zganicha
sadaqa tilayotgan qizaloq ko`z
oldiga kelibdi. Shaytonning
gapiga kirib, yonida borini unga berib
yubormaganidan
afsus chekibdi. Tunda Allohga
nido qilibdi: - Ey Qodir Egam!
Bu qizchaga nega bu qadar
qiyin taqdirni ravo ko`rding?
Bunaqada u qachon odamga o`xshab
yashaydi?! Yigitning
qulog`iga shunday ovoz
eshitilibdi: «Seni nega badavlat
etib yaratganimizni tafakkur
qilmaysanmi?.
https://www.youtube.com/watch?v=9saIZntD8sc
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4