Falsafa fanidan imtihon bo'layapti. Domla: - Samolyotda 500ta g'isht bor edi. Bitta g'isht tushib ketdi. Samolyotda nechta g'isht qoldi? Talaba: - Bu juda oson! 499ta! - To'g'ri. Keyingi savol. Qanday qilib filni 3ta harakat bilan muzlatkichga joylash mumkin? - 1. Muzlatkichni ochamiz. 2. Filni solamiz. 3. Muzlatkichni yopamiz. - To'g'ri. Qanday qilib 4ta harakat bilan yumronqoziqni muzlatkichga joylaymiz? - 1. Muzlatkichni ochamiz. 2. Filni chiqaramiz. 3. Yumronqoziqni kiritamiz. 4.Muzlatkichni yopamiz. - Qoyil! O'rmon qiroli sherning tug'ilgan kuniga faqat bitta hayvon kelolmadi. Qaysi hayvon va nima uchun? - Yumronqoziq kelolmadi. Chunki u muzlatkichda qolib ketgandi. - Yashang!.. Xo'o'sh... Kampir timsohlari bor daryodan o'ta oladimi? - Albatta! Axir timsohlar sherni tug'ilgan kunida-yu. - To'g'ri! Oxirgi savol. Kampir daryodan o'tayotganda baribir halok bo'ldi. Nima uchun? - Yuragi sanchgandirda, qarichilik endi... - Topolmadingiz. Boyagi samolyotdan tushgan g'isht to'g'ri kampirning boshiga tushadi. Keyin hafta qayta imtihon topshirasiz endi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев