Omonmisiz guruhdosh? Yaqinlaringiz yoningizda, oilangiz jamuljammi? Yoki siz ham meningdek oilangizdan yiroqlardamisiz? Sog`inch ko`p qiynamayabdimi? Balki o`rganib ham qolgandirsiz..? Bilaman, hech qachon ko`nika olmasligingizni. "- Jon jigarlaringiz qalbingizni to`rida bo`ladi-yu sog`inmaslikning iloji qayda?" - deysiz. Ro`zg`or tebrataman deb yuribmizda guruhdosh. G`am chekmang balki sevining. Chunki sizni uyda kutishmoqda. Bundan ortiq baxt bormi bu dunyoda? Ha! Bundan ortiq baxt bor. Bu o`sha kutgan va kutilgan insonlarning diydoridir. Diydor shirin deb bekorga aytishmagan. Bolalikdan birga katta bo`lib, talashib, tortishib ulg`aygan jigargo`shangizni, yuragingizni bir parchasi bo`lgan farzandingizni, soniya sanab kelishingizni kutgan suyukli yoringizni va eng asosiysi yo`lingizga termulib intizor bo`lgan ota-onangiz - oilangiz bag`riga qaytish qanchalar quvonarli... Sog`inch qiynaganda sabrli bo`ling. Diydor umidi ila yashang.
Omon bo`ling guruhdosh!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев