mozorigacha
Unashtirilib yaqin kunda to'yi
bo'ladigan,
lekin baxtsiz hodisa tufayli
avtohalokatga
uchrab vafot etgan qiz!
O'ng yelkamda tobut ko'zlarimda
yosh,
Xaqiqat oldida egilganda bosh,
Tobutda yotardi go'zal qora qosh,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Yotardi u jim ko'zlari ochiq,
Yotardi jilmayib kulgular sochib.
Ko'zimdan yosh oqardi tinmayin
achchiq,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
U kirmagan edi yigirmaga ham,
Endi qo'ygan edi hayotga qadam.
Karaxt bo'lib qolar eshitgan
odam,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Ona voh dod deydi hushin
yo'qotib,
Ota ne qilishin bilmaydi qotib.
Bola vidolashar indamay yotib,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Seplar yig'gan edi orzular qilib,
Bezatib ham qo'ydik liboslar ilib,
Onasi yig'laydi bag'rini tilib,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Taqdirmi qaranga yosh ketdi
essiz,
Mevasi qolmadi o'tdiku izsiz,
Oq libos kiyvolib yotardi hushsiz,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Mana so'nggi yo'lga kuzatdik
go'zal,
So'nggi bor qo'limiz uzatdik
go'zal,
Bu dunyodan ko'ra u dunyo avzal
Yor-yor tugab qoldi mozorigacha
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2