E'tibor qilmabman dardin bilsam ham
Endi foydasi yo'q qancha achinsam
Qaytib kelmas yerga otlangan Otam.
Uch kun jim yotdilar shiftga boqgancha
Bir so'z demasdan qalbim yoqqancha
Hisoblab gunoh va savobin qancha
Skutda kimlarni o'ylagan Otam.
Uch kun azoblanib ozor chekdilar
Umr bog'lariga dardin ekdilar
G'amning yaprog'idan kafan tikdilar
O'zining ajalin sog'ingan Otam.
Uch kun ham o'tdi-yu tilga kirdilar
Mehribonim sekin yaqin tortdilar
Mendan rozi bo'lgin qiynalma deya
Nasixatlar aytib vidolashdilar.
Men ahmoq tushunmay vido so'zini
Yolg'iz tashlab ketdim bilmay o'zini
Ortiq ko'rolmadim o'tli ko'zini
Bir umr ko'ziga zor etgan Otam.
Otajon mehribon g'amxo'r edingiz
Asaldayin shirin edi so'zingiz
Sog'inib eslaydi telba uglingiz
Bolam deb, qizim deb yashagan Otam.
Kuz kelib xazonlar to'kildi bir bir
Kimdir vafot etdi tug'ildi kimdir
Vafotingizga mana to'libdi bir yil
Ollox dargohiga yo'l olgan Otam.
Qabringiz yonida turibman mana
Siz sevgan gullardan keltirdim yana
Ko'ksimdan otilib yosh chiqdi ana
Mening ko'zlarimni yoshlatgan Otam.
Otajon o'ksinmang ranjiganim yo'q
Ko'zimga chang kirdi yig'laganim yo'q
Yaxshiman ko'nglingiz qilavering to'q
Tushlarimda holim so'ragan Otam.
Yig'lamiman devdim yig'ladim biroq
Axir kimsa yo'q-ku sizdan yaqinroq
Ne uchun ketdingiz olislab yiroq
Qaytib kelmas yerdan joy olgan Otam!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
ёзилди куп кора
кунлар
Ёстигимни тишлайман гох бедор
тунлар
Энди мени бошгинамни кимлар
силар
Олис йулга сафар килган
Отажоним
Охларимга тог кулади
келмадингиз
Онам шурлик бошим силар
келмадингиз
Мен улгайдим сизчи рохат
курмадингиз
Олис йулга сафар килган
Отажоним
Турт томоним чукур булди
кайда юрсам
Кани энди сиз булсангиз даврон
сурсам
Ота урни бошка экан энди
билсам
Олис йулга сафар килган
Отажоним
Олис йулга сафар килган
Мехрибоним...