-Xa bolakay, kimni izlayapsan?
-Menga adamni topib bering!
-Adang??? Kim u?
-U dunyodagi eng, eng, eng yaxshi odam. Oyimlani aytishicha men tug'ilganimda o'g'limga mashina olib kelaman deb Rossiyaga ketgan ekanlar. Bu yil kuzda maktabga boraman, jooon opa adamlarni ko'rsangiz ayting:
-Menga mashina k.kmas, adam o'zlari kelib maktabga o'zlari olib borsinlar...
U kunichiii oyim rosa yig'ladi, qo'shni xola:
-Og'ling tez ulg'ayyapti, dadasini boshqa bolalari borligini bilsa nima qilarkin, yoshligida sen xam turmush qursang bo'lardi dedilarda.
Opo'o'o'! Adamga ayting mayli boshqa bolalariniyam olib kelaversin menga boshqa ada k.kmas! Oyimla yig'lamasa, adam yonimizda bo'lsa yetadi
Aytasiza adamga? Tog'am menga kaaaattakon mashina oberganlar, adamni bollariga beraman o'shani, menga mashinayam k.kmas adamni qaytib bersinlar...
Adam uyga kelsa men xam oshnalarimga o'xshab:
-Adam chaqiryapti kirmasam ertaga chiqarmaydi deyman
shunaqa desalar xavasim keladida meniyam adam chaqirsaydi deb...
Adamni topib berasizmi...........?
* * *
Oilasining to'kinligi tinchligini o'ylab musofirlar yurtlarda xalol mexnat qilayotgan musofirlarimiz Allohga omonatlarimizdir!!!
Lekin, chetga chiqib o'z oilasini unutganlar, farzandlarini ilhaq nigohlariga mung, iztirob to'ldirayotgan yurtdoshlarimizga bir savolimiz bor:
-AYTING BIRODARIM, GO'DAKNING UVOLIDAN QO'RQMAYSIZMI
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев