Предыдущая публикация
Jamolingni ko'rsat ey gul
Qumlararo yolg'iz qoldim
Jamolingni ko'rsat ey gul
Sarob erur ko'rganlarim
Siymoing aks xar onlarim
Sadqa bo'lsin ming jonlarim
Jamolingni ko'rsat ey gul
Yomg'ir bo'lib soching
yuvsam
Yuragingdan dardni quvsam
Kiprigingdan tomib tushsam
Jamolingni ko'rsat ey gul
Oshiq Alisher adashdimi
Yo sevgimi ishq gashtimi
Keltirmagil hech rashqini
Jamolingni ko'rsat ey gul
Oshiq qalbim ranjitmagil
Seni izlab qiynaldi dil
Madhlarimga loldir bulbul
Jamolingni ko'rsat ey gul
Men quyoshman yerda
bo'lsang
Tosh oynaman kulib tursang
Bir kun kelib qalbim ko'rsang
Jamolingni ko'rsat ey gul
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев