AQSh.da ilk bor 2001-2002 yillari o'qib ketganimdan so'ng menga yuqoridagi savol bilan murojaat qilganlar son-sanoqsiz bo'ilb, ularga doimo to'la va tushunarli javob berishga harakat qilib kelaman.
istudyandwork loyihasining maqsadlaridan biri shunday javoblarimni bir joyga jamlash hamdir va qiziquvchi talaba uka-singillarim, do'stlarimga bunday turtki uchun rahmat aytaman.
Quyida AQSh.da ta'lim olishni istagan halqaro talabalar (chet el fuqarolari va AQSh.da doimiy yashashga ruhsati bo'lmagan shahslar nazarda tutiladi) uchun qo'yilgan shartlar bilan qisqacha tanishtirib o'taman. Har bir ta'lim pog'onasi haqidagi batafsil ma'lumotni ingliz tilidagi maqolalarimizdan topishingiz mumkin.
1. O'rta maktab ta'limi. Halqaro talabalar o'rta maktabning 9-12 sinfigacha, bir yildan ko'p bo'lmagan muddatga, F1 vizasi orqali kelib o'qishlari mumkin. Bunday o'qish uchun, har bir maktabning byudjetidan kelib chiqqan holda, halqaro talabalar o'rtacha bir yilga $3,000-$10,000 gacha to'lashlari shart bo'ladi. Agar talaba AQSh.da vaqtinchalik yashayotgan, boshqa har qanday viza egasining qaramog'ida bo'lsa, u talaba AQSh maktab tizimining istagan pog'onasida davlat byudjeti hisobiga ta'lim olish huquqiga ega. To'la ma'lumot uchun, Davlat Departamentining bu hususidagi sahifasiga murojaat eting.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев