maydonga chiqing. Tasavvur
qilingki, shamol yuz dollarlik
pulni uchirib kelyapti. Nima
qilasiz?
- O'rnimdan qimirlamayman.
Kerak bo'lsa, shamolning o'zi
pulni cho'ntagimga tushiradi.
- Qoyil. Ikkinchi ishtirokchi,
endi siz minbarga chiqing.
Tasavvur qiling, yoningizda
go'zal bir qiz turibdi, bir qiyo
boqsangiz, kifoya. Nima
qilasiz?
- Qimirlamayman, kerak
bo'lsa, qizning o'zi menga
qarasin.
- Yashang. Marhamat,
uchinchi ishtirokchi, endi siz
minbarga chiqing.
- Chiqmayman, kerak bo'lsa,
o'zingiz chiqing!
- Azizam, - dedi xotin eriga, -
loqal bayram kuni menga
biror bir yaxshi gap
aytsangiz-chi?
- Yaxshi, menga tushlikka
qanday tansiq taom tayyorlab
bermoqchisan?
- Xotininga nima sovg'a
qilmoqchisan?
- O'zimga qolsa, hech narsa.
Xotinimga qolsa, butun
"Otchopar" bozorini so'raydi.
- Dilshodjon, o'g'lim, 8-mart
qanaqa kun?
- Dadam ovqat pishiradigan
kun!
Besh yashar bola o'rtog'iga
maqtanyapti:
- Dadam juda botir. Botirligi
ucun medali ham bor.
- Mening dadam bo'lsa,
qo'rqoq. Oyim uyda yo'q
kunlari qo'rqqanidan qo'shni
ayolnikiga kirib uxlaydi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев